Deutsche Bank Namangandagi loyihalarga 1 mlrd dollar yo‘naltirishni rejalashtiryapti
Germaniya banki bilan loyihalarni amalga oshirishga jalb qilinadigan moliyaviy manbalar bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishildi.

Foto: picture-alliance/dpa/F. Rumpenhorst
Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov Germaniyaning yirik moliya sektori rahbarlari bilan muzokara o‘tkazdi.
Euler Hermes kompaniyasi ijrochi direktori Tomas Baum bilan muzokarada mazkur kompaniya tomonidan Namangan viloyati korxonalariga Germaniya banklari tomonidan imtiyozli mablag‘larni taqdim etish hamda eksportchi korxonalarga amaliy yordam ko‘rsatish, shuningdek, Euler Hermes mutaxassislari tomonidan Namangan viloyatida biznes-seminar tashkil etishi bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Navbatdagi uchrashuvda Germaniya moliya institutlarini Namangan viloyati bilan investitsiyaviy hamkorligi masalalari muhokama etildi.
Deutsche Bank ijrochi direktori Yorg Bongars bilan o‘tkazilgan muzokarada Namangan viloyatida amalga oshiriladigan umumiy qiymati 1 mlrd dollarlik istiqbolli investitsiyaviy loyihalar birma-bir ko‘rib chiqildi.
Ularni hayotga tatbiq etish uchun jalb etiladigan moliyaviy manbalar bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishildi.
Yorg Bongars Namangan viloyat banklarini joriy yil dekabr oyida Arab Amirliklarining Dubay shahrida bo‘lib o‘tadigan Deutsche Bank kengash sammitiga taklif etdi.
Shuningdek, 2024 yil bahor oyida Germaniya - Namangan biznes-forumiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha amaliy ishlar bilan shug‘ullanuvchi qo‘shma komissiya o‘z ishini boshladi.
Mavzuga oid

10:43
Namanganda 25 nafar bolani olib ketayotgan Damas aniqlandi

15:49 / 27.04.2025
Namanganda hojatxonaga tushib ketgan 3 yoshli bola qutqarildi

15:59 / 26.04.2025
“Namanganda avtomobillarni ijaraga beruvchi guruhlarning 90 foiz a’zosi o‘quvchilar” - viloyat YHXB boshlig‘i

17:47 / 23.04.2025