Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston U-23 jamoasining Osiyo kubogi guruh bosqichidagi raqiblari ma’lum bo‘ldi
Osiyo kubogida sovrindor bo‘lgan jamoalar Olimpiada yo‘llanmasiga ega bo‘ladi.

Foto: Tribuna.uz
23 noyabr kuni Doha shahrida 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo Kubogi uchun qur’a tashlandi.
Temur Kapadze boshqaruvidagi O‘zbekiston olimpiya jamoasi D guruhdan joy oldi, bu guruhda raqiblar Malayziya, Kuvayt va Viyetnam bo‘ladi.
A guruhi
- Qatar
- Avstraliya
- Iordaniya
- Indoneziya
V guruhi
- Yaponiya
- Koreya Respublikasi
- BAA
- Xitoy
S guruhi
- Saudiya Arabistoni
- Iroq
- Tailand
- Tojikiston
D guruhi
- O‘zbekiston
- Viyetnam
- Kuvayt
- Malayziya
O‘zbekistonlik futbolchilar ishtirokini Malayziyaga qarshi o‘yin bilan boshlaydi. Ikkinchi turda Kuvayt, uchinchi turda esa Viyetnam bilan bahs olib boriladi. Guruhda birinchi va ikkinchi o‘rinni egallagan jamoalar keyingi bosqichga chiqadi.
2024 yil 15 aprelidan 3 may kuniga qadar Qatarda bo‘lib o‘tadigan turnirda Olimpiada yo‘llanmasi o‘ynaladi. Finalga chiqqan va uchinchi o‘rin uchun bahsda g‘alaba qozongan sovrindor jamoalar Parij-2024ga yo‘l olishadi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston sentabr oyida Toshkentda bo‘lib o‘tgan guruh o‘yinlarida Osiyo Kubogi U-23 turniriga yo‘llanma olgandi. O‘shanda dastlab Afg‘oniston 8:1, Hongkong 10:0 hisoblarida mag‘lub etilgan, guruh g‘olibligi uchun bahsda Abbos Fayzullayevning yagona goli Eron ustidan g‘alaba keltirgandi (1:0).
Yakunda eronliklar Qatardagi turnirda ishtirok etuvchi 16 jamoa orasiga kira olmagandi. Bu turnirga mezbonlardan tashqari saralash bosqichidagi 11 guruh g‘oliblari hamda eng yaxshi natijaga ega bo‘lgan to‘rtta ikkinchi o‘rin vakillari (Kuvayt, Tojikiston, Xitoy va Malayziya) yo‘l olgan.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Mo‘ynoqdagi konda gaz sizib chiqishi ro‘y berdi
O‘zbekiston | 11:35
-
Isroil BMTning gumanitar yordamini G‘azoga yetkazish uchun yo‘laklar ochishga va’da bermoqda
Jahon | 09:57
-
“Yangi loyihalarda Eron va Rossiyaning ishtiroki kamayib, turkiylarning ahamiyati ortib boryapti” – siyosatshunos
Jahon | 09:02
-
Andijondagi fabrika oqova suvlari bilan kanalni ifloslantirdi
Jamiyat | 23:09 / 26.07.2025
Mavzuga oid

17:45 / 24.07.2025
Erdo‘g‘an bilan aloqalar va City Football Group bilan hamkorlik. Shomurodov va Fayzullayevning yangi jamoasi haqida nimalar ma’lum?

15:22 / 17.07.2025
Fayzullayev ham Turkiya chempionatiga o‘tishi kutilmoqda

11:54 / 06.06.2025
Yig‘i, kulgi va bayram. O‘zbekiston mundialga chiqqan tarixiy o‘yindan fotogalereya

16:46 / 12.12.2024