Toshkent hayvonot bog‘iga Afrikadan yo‘lbars va sher keltirildi
Shuningdek, hayvonlar safiga zebra va jirafalar qo‘shildi.
Toshkent hayvonot bog‘idagi jonivorlar soni ko‘paydi. Bu haqda hayvonot bog‘i ma’muriyati xabar berdi.
Qayd qilinishicha, hayvonot bog‘iga uch bosh zebra, shuncha jirafa bolasi, oq (Bengal) yo‘lbarsi va oq sher keltirilgan.
Hayvonlar Janubiy Afrikadagi maxsus fermadan CargoPoint kompaniyasi orqali Yohannesburg–Antananarivu–Istanbul–Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha qariyb 11 ming km masofa bosib o‘tilgan holda keltirilgan. Loyiha Wildlife Care kompaniyasi tomonidan amalga oshirilgan.
Hayvonot bog‘i ma’muriyatining qayd qilishicha, endi hayvonlar moslashish davrini o‘taydi. Shundan so‘ng, ularni tomosha qilish mumkin bo‘ladi.
Mavzuga oid

01:09 / 09.01.2025
Toshkent hayvonot bog‘ida jirafa nobud bo‘ldi

10:40 / 13.12.2024
Sariosiyoda ko‘chada yo‘lbars yurgani rad qilindi

15:30 / 13.11.2024
Qozog‘istonga yo‘lbarslar qaytarilmoqda. Ular bundan 70 yil avval yo‘qolib ketgandi

21:09 / 02.09.2024