Baxtiyor Saidov Devid Kemeron bilan uchrashdi
Uchrashuvda savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqilgan.

Foto: Telegram / Baxtiyor Saidov
O‘zbekiston TIV rahbari Baxtiyor Saidov buyuk britaniyalik hamkasbi Devid Kemeron bilan uchrashdi. Uchrashuv Shimoliy Makedoniya poytaxti Skope shahridagi Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Vazirlar kengashining 30-yig‘ilishi doirasida bo‘lib o‘tgan.
«Buyuk Britaniyaning tashqi ishlar, Hamdo‘stlik va taraqqiyot masalalari bo‘yicha Davlat kotibi etib tayinlangan Devid Kemeron janoblari bilan uchrashib, O‘zbekiston – Birlashgan Qirollik hamkorligining asosiy yo‘nalishlarini muhokama qilishdan mamnunmiz. Suhbat chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarimizni barcha sohalarda mustahkamlash borasida kelgusidagi sa’y-harakatlar, savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha takliflarni ham ko‘rib chiqdik», – deb yozadi Baxtiyor Saidov.
Ma’lumot uchun, Devid Kemeron 2010-2016 yillarda Buyuk Britaniya bosh vaziri bo‘lgan, 2023 yil noyabr oyi o‘rtalarida mamlakat tashqi ishlar vaziri etib tayinlangandi.
Baxtiyor Saidov YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi direktori Matteo Mekachchi bilan uchrashdi.
«Janob Mekachchining yaqinda O‘zbekistonga amalga oshirgan tashrifi yakunlariga to‘xtalib, kelgusi yillar uchun hamkorlik rejalarini belgilab oldik», – dedi TIV rahbari.
Bundan tashqari, O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri YeXHTning ozchiliklar bo‘yicha Oliy komissari Qayrat Abdrahmonov bilan uchrashdi. U bilan YeXHT makonida millatlararo totuvlik va bag‘rikenglik tamoyillarini ilgari surish bo‘yicha hamkorlikni muhokama qildi.
Baxtiyor Saidov Kanada tashqi ishlar vazirining parlament kotibi Rob Olifant bilan esa O‘zbekiston va Kanada o‘rtasidagi hamkorlikning foydalanilmagan salohiyati, ikki tomonlama kun tartibini kengaytirish uchun ulkan imkoniyatlar haqida suhbatlashdi.
Tavsiya etamiz
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘l tunneli qurilishi boshlandi
Jahon | 17:12 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Elektron tijoratda kurerlik faoliyatini tartibga solish rejalashtirilyapti
O‘zbekiston | 12:28
-
Xitoy bojlardan ozod qilinadigan AQSh tovarlari ro‘yxatini tuzdi
Jahon | 12:26
-
Yevropa Ittifoqining 16 davlati mudofaa xarajatlarini oshirmoqchi
Jahon | 12:15
-
Mahsulotlarning yagona elektron milliy katalogi yuritiladi
O‘zbekiston | 11:44
Mavzuga oid

16:13 / 29.04.2025
Toshkentda Gretsiya elchixonasi ochildi

08:20 / 26.04.2025
Baxtiyor Saidov Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan uchrashdi

08:42 / 24.04.2025
O‘zbekiston va Rossiya TIV rahbarlari Samarqandda muzokara o‘tkazdi

23:31 / 15.04.2025