Dmitriy Medvedev Rossiya Konstitutsiyasiga ba’zi o‘zgarishlar kiritilishini e’lon qildi
Biroq, gap Konstitutsiyani yangilash haqida ketmayapti.

Foto: TASS
Umuman olganda, Rossiyaga hozir yangi konstitutsiya kerak emas, lekin unga kichik o‘zgarishlar kiritiladi. Bu haqda Rossiya Xavfsizlik kengashi rahbari o‘rinbosari Dmitriy Medvedev ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, konstitutsiya «konservativ hujjat» va unga o‘zgartirishlar «iloji boricha ehtiyotkorlik bilan» kiritilishi kerak.
Shu bilan birga, u «konstitutsiyaga aniq maqsadli o‘zgartirishlar kiritilishini» aytdi. Lekin nimani nazarda tutganini tushuntirmadi.
«[Rossiya konstitutsiyasi] albatta o‘zgartiriladi, lekin menimcha, konstitutsiyani yangilashni muhokama qilishdan ma’no yo‘qdek», dedi Medvedev.
Rossiya Konstitutsiyasi 1993 yilda qabul qilingan. Unga to‘rt marta – 2006, 2014 (ikki marta) va 2020 yilda o‘zgartirishlar kiritildi.
Rossiya Konstitutsiyasiga eng katta o‘zgartirishlar 2020 yil yozida amalga oshirildi. Ushbu tuzatishlar Vladimir Putinning prezidentlik muddati sonini «qayta tiklash» imkonini berdi.
Mavzuga oid

21:33
Tramp bilan Putin Yaqin Sharqdagi xavfli keskinlashuvni muhokama qildi

20:19
AQSh Rossiya nefti narxining yuqori chegarasini pasaytirishga qarshi – OAV

18:00
Zelenskiy Ukraina tinchlik uchun qanday murosaga tayyorligini aytdi

14:11