Toshkentdagi Talabalar shaharchasidan viloyatlarga qo‘shimcha avtobus yo‘nalishlari yo‘lga qo‘yildi
Chiptalar universitet bosh binosida tashkil etilgan sayyor kassada sotiladi.
Toshkentda Talabalar shaharchasi oldidan respublikaning bir qator hududlariga qo‘shimcha avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yilgan. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.
2023 yil 23 dekabr sanasidan boshlab O‘zbekiston Milliy universiteti bosh binosi qarshisidagi maydonda Olot, Qarshi va Termizga talabalar uchun qo‘shimcha avtobus yo‘nalishlari tashkil etilgan.
Ma’lum qilinishicha, bu ish Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Transport vazirligi bilan hamkorlikda Toshkent shahrida tahsil oluvchi va qishki ta’til munosabati bilan doimiy yashash joylariga jo‘nab ketuvchi talabalar uchun qo‘shimcha qulaylik sifatida tashkil etilgan.
Avtobuslar qatnovi talab (buyurtma) mavjud bo‘lgan Toshkent — Olot (Buxoro), Toshkent — Qarshi, Toshkent — Termiz yo‘nalishlarida tashkil etilmoqda.
Toshkent-Olot (Buxoro) yo‘nalishi bo‘yicha avtobuslar Jizzax, Samarqand, Navoiyga boradigan talabalar uchun yo‘nalishda belgilangan narxlarda xizmat ko‘rsatishi mumkin.
Qayd etilishicha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Namangan, Farg‘ona, Andijon viloyatlariga jo‘nab ketuvchi talabalar uchun alohida qo‘shimcha temiryo‘l vagonlari tashkil etilgan. Ushbu yo‘nalishlarda imtiyozli temiryo‘l chiptalari O‘zbekiston Milliy universiteti bosh binosida tashkil etilgan sayyor kassa orqali berilishi ma’lum qilingan.
Mavzuga oid

00:43 / 25.04.2025
Yaponiyada salkam 30 yil avtobus boshqargan haydovchi 7 dollar o‘g‘irlagani uchun ishdan bo‘shatildi

08:56 / 02.04.2025
Toshkentda ayrim avtobus yo‘nalishlari harakati o‘zgaradi

23:43 / 27.03.2025
Toshkentda ayrim avtobus yo‘nalishlariga o‘zgartirish kiritildi

09:10 / 23.03.2025