Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat organlari va korxonalari rahbarligidagi ayollar ulushi 30 foizga yetkaziladi
Prezident qaroriga ko‘ra, 2030 yilga borib davlat idoralari rahbariyatining kamida 30 foizi ayollardan iborat bo‘lishi kerak.

Foto: O‘zA
O‘zbekistonda davlat organlarining rahbarlik lavozimlaridagi ayollar ulushi 2030 yilga qadar 30 foizgacha yetkaziladi. Bu prezidentning 21 dekabrdagi «Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarning faolligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorida ko‘zda tutilgan.
2030 yilgacha har bir davlat organi, tashkilot va korxonasida, shu jumladan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi, sud tizimida va huquqni muhofaza qiluvchi organlarda boshqaruv xodimlari orasidagi xotin-qizlarning ulushini 2030 yilga qadar 30 foizga yetkazish talabi davlat korxonalarining ijro organlari, shu jumladan, direktorlar kengashi va kuzatuv kengashlarining tarkibini shakllantirishda ham tatbiq etiladi.
Farmon bilan ish beruvchi tomonidan ish o‘rinlari zaxirasiga qo‘yiladigan ijtimoiy himoyaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslar toifalariga oilaviy zo‘ravonlik oqibatida jabrlanganlar ham kiritiladi.
2024 yil 1 fevraldan ta’lim muassasalarida kasanachilik va hunarmandchilik yo‘nalishida yangi ish boshlayotgan xotin-qizlar uchun tadbirkorlik bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil etiladi. O‘qitish bilan bog‘liq xarajatlar Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi. Shu bilan birga, kasb-hunarga o‘qitilgan har bir bitiruvchi uchun sarflangan xarajatlarning 70 foizi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan oshmagan qismi davlat hisobidan qoplanadi.
2024 yil 1 yanvardan xotin-qizlarga haq to‘lanadigan jamoat ishlari asosida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida ish yurituvchi bo‘lib ishlashiga 11 oygacha bo‘lgan muddatga ruxsat etiladi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – Muslim friendly formatida dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
Andijondagi fabrika oqova suvlari bilan kanalni ifloslantirdi
Jamiyat | 23:09 / 26.07.2025
-
iPhone va avtosug‘urtada yangi narxlar, Navoiyda qalin smog - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:40 / 26.07.2025
-
Yaponiya ayollarning umr ko‘rish davomiyligi bo‘yicha navbatdagi rekordni o‘rnatdi
Jahon | 22:38 / 26.07.2025
Mavzuga oid

13:39 / 15.07.2025
Xitoy O‘zbekistondagi korxonalar soni bo‘yicha yetakchilik qilyapti

15:22 / 27.06.2025
Toshkent viloyatining xorijiy investitsiyalari bo‘lgan korxonalariga imtiyozlar beriladi

09:03 / 09.06.2025
Qaysi sohada tijorat korxonalari ko‘proq faoliyat yuritmoqda?

11:15 / 16.03.2025