Surxondaryoda «prava»si yo‘q haydovchi Damas’ga 13 kishini mindirib harakatlandi
Jarqo‘rg‘on tumanida IIB YHXB xodimlari Damas mashinasini to‘xtatganda unda o‘rindiqlar sonidan ortiqcha odam borligi aniqlangan.

Foto: Videodan kadr
Surxondaryo viloyati IIB YHXB axborot xizmatining Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, hodisa 2023 yil 24 dekabr kuni Jarqo‘g‘on tumanida sodir bo‘lgan.
Yo‘lovchilar sanab ko‘rilganda ularning soni 13 nafar ekani ma’lum bo‘lgan. Haydovchidan hujjatlarni taqdim etish so‘ralganda, unda mashina boshqarish haydovchilik guvohnomasi ham yo‘qligi aniqlangan.
Qayd etilishicha, qoidabuzar haydovchiga nisbatan tegishli hujjat rasmiylashtirilib, amaldagi qonunchilik doirasida chora ko‘rilgan. Mashina jarima maydonchasiga qo‘yilgan.
Avvalroq, Jarqo‘rg‘on tumanida «Volga» yengil mashinasiga 21 nafar yo‘lovchini olib ketayotgan haydovchi aniqlanib, unga chora ko‘rilgandi.
Mavzuga oid

21:16 / 11.06.2025
Boysunda vodorod sulfidi gazi miqdori me’yordan oshmagan – Ekovazirlik

18:07 / 10.06.2025
Termizda Damas 17 yoshli skuter haydovchisini urib yubordi. Jabrlanuvchi vafot etdi

18:45 / 09.06.2025
Surxondaryoda 913 mlrd so‘mga «Sangardak» turistik markazi qurilmoqda

10:06 / 07.06.2025