«Minglab tojikistonlik ayollar migratsiyada. Bizda sharaf bormi?» - Emomali Rahmon
Tojikiston prezidenti mamlakat parlamentiga yillik murojaatida tojik migrantlari bilan bog‘liq muammolarga to‘xtalib o‘tdi.

Foto: Tojikiston prezidenti matbuot xizmati
Emomali Rahmonning ta’kidlashicha, har yili tojikistonlik migrantlarning yuzlab jasadi vatanga keltiriladi.
«Men xorijdagi migrantlarning turmush sharoitini yaxshi bilaman. Bizda uyat bormi? Nafaqat erkaklar, minglab tojikistonlik ayollar ham migratsiyada. Bizda sharaf bormi? Har yili yuzdan ortiq tojikistonlik migrantning jasadi vatanga keltirilmoqda. Ular farzandlari uchun, ro‘zg‘or tebratish uchun mamlakat tashqarisiga chiqqan. Chunki biz, yuqoridan pastgacha bo‘lgan rahbariyat faqat o‘zimizni o‘ylaymiz!», dedi Tojikiston prezidenti.
Rossiya migratsiya idoralari ma’lumotiga ko‘ra, mamlakatda 3 millionga yaqin tojik migranti mehnat qiladi. Aniq raqamlarni keltirish qiyin, chunki migrantlarning hammasi ham tegishli tarzda ro‘yxatdan o‘tmaydi. Tojik migrantlarining asosiy qismi qurilish, kommunal xo‘jalik, savdo va xizmt ko‘rsatish sohasida ishlaydi.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, Tojikiston sobiq sovet respublikalari orasida ish haqi bo‘yicha oxirgi o‘rinda turadi. 2023 yil sentabr oyida mamlakatda o‘rtacha ish haqi 190 dollarga teng bo‘lgan. Taqqoslash uchun, joriy yilning ikkinchi yarmi boshida Qozog‘istonda o‘rtacha ish haqi 807 dollar, O‘zbekistonda 358 dollar, Qirg‘izistonda 352 dollarni tashkil qilgan.
Bundan tashqari, Tojikiston dunyoda aholi soni o‘sish sur’ati yuqori bo‘lgan davlatlar qatoriga kiradi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 1991 yildan 2022 yil boshigacha o‘rtacha yillik o‘sish 2,7 foizni tashkil etgan bo‘lsa, butun sayyora aholisi o‘rtacha 1,5 foizga oshgan.
Mavzuga oid

22:46 / 03.05.2025
Shvetsiya migrantlarga vataniga qaytishi uchun 32 ming yevro to‘laydi

21:09 / 03.05.2025
AQShdan deportatsiya qilingan o‘zbekistonliklar Toshkentga qaytdi

21:53 / 30.04.2025
Rossiyaning sabzavotchilikka ixtisoslashgan hududi mehnat migrantlari taqchilligiga duch keldi

20:36 / 29.04.2025