Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ota-onalarning har qanday yoshdagi farzandlari kontrakti uchun to‘lagan pullari daromad solig‘idan ozod qilinadi
Ilgari faqat 26 yoshgacha bo‘lgan farzandlar uchun to‘langan pullardan daromad solig‘i olinmagan.

Foto: Kun.uz
Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-891-son, 28.12.2023 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda Huquqiy axborot telegram-kanali xabar bermoqda.
Soliq kodeksiga soliq hisobotlarini 3 yil but saqlashga oid o‘zgartirish kiritilgan (ilgari 5 yil edi).
Kameral soliq tekshiruvida quyidagi soliq nazorati tadbirlarini o‘tkazish taqiqlandi (qo‘shilgan qiymat solig‘ining o‘rnini qoplash (qaytarish) maqsadida o‘tkaziladigan kameral soliq tekshiruvi mustasno):
- soliq to‘lovchi hududiga kirish;
- soliq to‘lovchi hududi va binolarini ko‘zdan kechirish;
- soliq to‘lovchidan hujjatlarni talab qilib olish va uni chaqirtirish;
- soliq to‘lovchining hujjatlari va buyumlarini olib qo‘yish.
Endilikda soliqqa oid huquqbuzarlik uchun 3 yil ichida javobgarlik masalasi ko‘rib chiqilishi kerak, 3 yildan keyin shaxs huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlikka tortilishi mumkin emas (ilgari 5 yil edi).
Ota-onalar har qanday yoshdagi farzandlarining professional va oliy ta’lim tashkilotlarida o‘qishi uchun to‘lagan pullari daromad solig‘idan ozod qilinadi.
Ilgari faqat 26 yoshgacha bo‘lgan farzandlar uchun to‘langan pullardan daromad solig‘i olinmagan.
Ushbu qonun 2024 yil 1 yanvardan e’tiboran kuchga kiradi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – Muslim friendly formatida dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
Andijondagi fabrika oqova suvlari bilan kanalni ifloslantirdi
Jamiyat | 23:09 / 26.07.2025
-
iPhone va avtosug‘urtada yangi narxlar, Navoiyda qalin smog - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:40 / 26.07.2025
-
Yaponiya ayollarning umr ko‘rish davomiyligi bo‘yicha navbatdagi rekordni o‘rnatdi
Jahon | 22:38 / 26.07.2025
Mavzuga oid

11:29 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?

23:08 / 26.06.2025
XVJ daromad solig‘ini tabaqalashtirishga chaqirdi. Iqtisodchi bunga qarshi to‘rtta sabab keltirdi

20:09 / 01.04.2025
2027 yildan boshlab san’atkorlardan daromad solig‘i majburiy undiriladi – Soliq qo‘mitasi

18:14 / 14.03.2025