AQSh Iroqda «Hizbulloh» qo‘mondoni mashinasiga zarba berdi
Oqibatda to‘rt kishi, jumladan qo‘mondon va uning bir yordamchisi halok bo‘ldi.

AQSh Iroq poytaxti Bag‘dodga zarba berdi, oqibatda shia militsiyasi «Hizbulloh an-Nujaba» qo‘mondonlaridan biri o‘ldirildi. Bu haqda Reuters amerikalik amaldorga tayanib yozdi.
Iroq politsiyasining ma’lum qilishicha, dron «Hizbulloh an-Nujaba» harakati vakillari foydalanadigan obektga kamida ikkita raketa zarbasini bergan. To‘rt kishi, jumladan qo‘mondon va uning bir yordamchisi halok bo‘lgan.
Reuters manbasiga ko‘ra, AQSh harbiylarining nishoni aynan qo‘mondon bo‘lgan. Zarba uni yo‘q qilish maqsadida berilgan. Avvalroq u AQSh harbiylariga hujum uyushtirganlikda ayblangan edi.
Iroq xavfsizlik xizmati vakiliga ko‘ra, zarbani kim bergani haqida hech qanday ma’lumot yo‘q.
26 dekabr kuni AQSh harbiylari Iroqdagi «Kataib Hizbulloh» jangarilari obektlariga zarba bergan edi. Bu Iroqning Erbil shahridagi AQSh harbiy bazasiga berilgan zarbadan keyin yuz berdi.
Mavzuga oid

23:59 / 03.05.2025
AQSh Xalqaro kosmik stansiyani moliyalashtirishni qisqartiradi

22:42 / 03.05.2025
AQShda jismoniy shaxslar buyurtma qilgan xorijiy tovarlar uchun bojsiz rejim bekor qilindi

21:31 / 03.05.2025
2026 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi

21:09 / 03.05.2025