O‘zbekiston | 10:00 / 07.01.2024
34974
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada «Fahsh baronessasi» bilan birga yana 7 nafar o‘zbekistonlik qo‘lga olingan

O‘zbekistonning xalqaro qidiruvga berilgan 8 nafar fuqarosi Turkiyada qo‘lga olindi. Ular uyushgan jinoyatchilik, giyohvand moddalar kontrabandasi, firibgarlik va boshqa jinoyatlarni sodir etganlikda gumonlanmoqda.

Foto: Videodan kadr

O‘zbekiston va Turkiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari hamkorligida 2024 yil boshidan beri 8 nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi. Bu haqda mamlakatning Istanbuldagi bosh konsulxonasi xabar qildi.

Konsullik qo‘lga olinganlarning ism-familiyalaridagi bosh harflarni keltirdi, ular uyushgan jinoiy guruhlar, giyohvand moddalar kontrabandasi, talonchilik va firibgarlik jinoyatlarini sodir etib, xalqaro qidiruvda bo‘lgan.

Ularning ichida OAVda xabar qilingan O‘zbekiston fuqarosi N.M. ham bo‘lib, u xalqaro odam savdosi jinoyati doirasida Turkiyaning Chanoqqal’a viloyati hududida qo‘lga olingan.

Idora har bir holat bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilayotganini ta’kidladi.

Bosh konsulxona, o‘z navbatida, jinoyatchilarga jazo muqarrar ekanini eslatib, fuqarolardan qonunlarga amal qilishni, firibgarlarga aldanmaslikni va o‘zlarini ehtiyot qilishlarini so‘radi.

  • Bundan avvalroq «Fahsh baronessasi» va «Madam Klod» degan nomlar bilan tanilgan va Turkiyaga Rossiya, Belarus, Qirg‘iziston, Turkmaniston hamda O‘zbekistondan fohishalar olib kelib, ularni fohishaxonalarga sotish bilan shug‘ullangan o‘zbekistonlik ayol Nilufar Mirxonova hibsga olingani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga oid