O‘zbekiston bosh konsuli Dubaydagi missiyasini yakunlamoqda
Alisher Salomov 2019 yil yanvar oyida mamlakatning Dubaydagi Bosh konsulligiga rahbar etib tayinlangan edi.

Foto: Dunyo AA
O‘zbekiston bosh konsuli Alisher Salomov Birlashgan Arab Amirliklari Tashqi ishlar vazirligining Dubay bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Rashid Abdulla Al Kasir bilan uchrashdi.
«Dunyo» xabariga ko‘ra, muloqot chog‘ida O‘zbekiston – BAA munosabatlari kun tartibidan o‘rin olgan muhim masalalar muhokama qilindi. Amirlik tomoni O‘zbekiston bilan faol rivojlanib borayotgan hamkorlikni yuqori baholadi.
Uchrashuv yakunida BAA vakili Alisher Salomovga O‘zbekistonning Dubaydagi bosh konsuli lavozimida o‘tkazgan samarali besh yillik faoliyati uchun minnatdorlik bildirdi.
Alisher Salomov 2019 yil yanvar oyida mamlakatning Dubaydagi Bosh konsulligiga rahbar etib tayinlangan edi.
Mavzuga oid

00:19
Dubay turistlar uchun yangi talablarni e’lon qildi

14:36 / 25.04.2025
O‘zbekistonliklar BAAda jinoyat sodir etishi ko‘paygani sababli vizasiz rejim bekor qilinishi mumkin

11:03 / 26.03.2025
Dubayda qiyin ahvolda qolgan ayollar O‘zbekistonga qaytarildi

11:18 / 25.02.2025