Bishkekda harbiy vertolyot quladi
Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida harbiy vertolyot halokatga uchradi. Bu haqda huquq-tartibot idoralari xodimlariga tayanib Kaktus.media ma’lum qildi.

Foto: AKIpress
Ularning so‘zlariga ko‘ra, bugun, 17 yanvar kuni soat 11:00 lar atrofida Mi-8 harbiy vertolyoti «Frunze-1» hududidagi Do‘stuk mavzesi yaqinida qulagan.
Manbalarning dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, ro‘y bergan hodisa oqibatida bir kishi halok bo‘lgan, bortdagi yana yetti kishi jarohatlangan.
Voqea harbiy mashg‘ulotlar vaqtida sodir bo‘lgan.
Mavzuga oid

18:35 / 09.05.2025
Shri-Lankada vertolyot qulashi oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi

08:55 / 11.04.2025
Nyu-Yorkda vertolyot daryoga quladi, olti kishi halok bo‘ldi

21:07 / 09.04.2025
Qirg‘izistonda davlat to‘ntarishiga urinish bostirilgani e’lon qilindi

18:09 / 22.01.2025