Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buyuk Britaniya qiroli Charlz III shifoxonaga yotqiziladi
75 yoshli monarx prostata bezida «korreksiya jarayoni»dan o‘tishi ta’kidlanmoqda.

Buyuk Britaniya qiroli Charlz III kelasi hafta prostata bezini davolash uchun shifoxonaga yotqiziladi. Bu haqda BBC Bukinghem saroyiga tayanib yozdi.
Qayd qilinishicha, 75 yoshli monarx «korreksiya jarayoni»dan o‘tadi, uning ahvoli qoniqarli. Qirol shifoxonaga yotqizilganda va tiklanib olayotganida omma oldida chiqish qilmaydi.
«Har yili minglab erkaklar singari, qirol prostata bezining kattalashishidan davolanishga harakat qiladi», deyiladi bayonotda.
BBC nashriga ko‘ra, prostata bezining kattalashishi 50 yoshdan oshgan erkaklarda keng tarqalgan. Odatda bu jiddiy emas va bemorda prostata saratoni rivojlanish xavfi yuqori ekanini anglatmaydi.
Charlz III shifoxonaga yotqizilishi e’lon etilishidan bir oz oldin 42 yoshli Uels malikasi Ketrin qorin bo‘shlig‘idan operatsiya qilingani haqida xabar berildi. Londondagi xususiy klinikada operatsiya muvaffaqiyatli o‘tdi. Malika yana 10-14 kun shifoxonada yotadi.
Mavzuga oid

08:30 / 06.08.2025
O‘zbekistonda oqova suvlarni qayta ishlashda Britaniya texnologiyalari joriy etiladi

13:32 / 26.07.2025
Ye3 davlatlari G‘azoda zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi

11:19 / 24.07.2025
O‘zbekistonlik hamshiralar Britaniyaga ishga jalb etilishi mumkin

23:20 / 22.07.2025