Saudiya O‘zbekistonda chorvachilik bo‘yicha fermer xo‘jaliklari tashkil etishi mumkin
Saudiya Arabistoni kompaniyalari O‘zbekistonda sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirish va o‘zbek mahsulotlari importini kengaytirish istiqbollarini muhokama qilmoqda.

Foto: Dunyo AA
O‘zbekistonning Jiddadagi bosh konsuli Nodir Turg‘unov Saudiya Arabistonining Muhaidib Group kompaniyasi raisi o‘rinbosari Emad bin Abdulqodir al-Muhaydib va UFMC kompaniyasi boshqaruv direktori Tariq al-Shuvaimiy al-Jammaz bilan muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Muloqot chog‘ida O‘zbekistonga xorijiy investitsiyalarni jalb etish va mamlakatda ishlab chiqarilayotgan tayyor mahsulotlar eksportini oshirish va mahalliy korxonalar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
Muhaidib Group kompaniyasi raisi o‘rinbosari Emad bin Abdulqodir hozirgi paytda O‘zbekistonda meva-sabzavotlar, quruq mevalar va yong‘oq mahsulotlarini yetishtirish hamda qayta ishlash bo‘yicha katta tajriba to‘plangani va bu mahsulotlarni eksport qilish uchun yetarlicha salohiyat mavjudligini ta’kidladi.
«O‘zbekistonda yetishtirilgan mevalar o‘z sifati va ta’mi jihatidan arab bozorlari e’tiborini tortmoqda, - dedi u. - Biz ekologik sifatli mahsulotlar va «sog‘lom ovqatlanish» dasturi doirasida podshohlikka quruq mevalar, bodom, yong‘oqlar va kashtan, shuningdek, bug‘doy va don mahsulotlarini O‘zbekistondan sotib olishga tayyormiz. Bugungi kunda, Saudiya Arabistonida qayta ishlab qadoqlangan mahsulotlar bozori rivojlanib bormoqda. Bunday turdagi mahsulotlar yuqori gigiyena standartlariga javob berishi hamda xaridorlarning turli ehtiyojlarini qondira olishi tufayli iste’molchilar tomonidan ijobiy kutib olinmoqda».
Saudiyaning UFMC kompaniyasi boshqaruv direktori Tariq al-Shuvaimiy al-Jammaz bilan kechgan muloqotda qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
UFMC rahbari chorva mollari uchun tayyor ozuqa yem mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda O‘zbekistondan kepak, beda va arpa mahsulotlarini eksport qilish istagini bildirdi.
«Biz O‘zbekistonda chorvachilik bo‘yicha fermer xo‘jaliklarini tashkil etish loyihasini amalga oshirishimiz mumkin, - dedi Tariq al-Shuvaimiy al-Jammaz. - Shuningdek, bu yerda boqiladigan mol va qo‘y go‘shtlarini Saudiya Arabistoniga eksportini yo‘lga qo‘yamiz».
Bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida ko‘rib chiqilgan istiqbolli loyihalarni hayotga tatbiq etish masalalarini O‘zbekistonning tegishli tashkilotlari bilan muhokama qilish bo‘yicha uchrashuvlarni tashkil etish to‘g‘risida kelishib olindi.
Tavsiya etamiz
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
Jahon | 22:24 / 12.05.2025
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
3 mlrd so‘mlik energiya resurslari talon-toroj qilingani aniqlandi
Jamiyat | 10:00
-
Xorazmdagi uylardan biriga asteroid tushgani rad qilindi
Jamiyat | 09:41
-
AQSh Xitoy tovarlariga bojlarni 120 foizdan 54 foizga pasaytiradi
Jahon | 09:39
-
Germaniya kansleri Rossiyaga qarshi yangi qattiq sanksiyalarni istisno etmadi
Jahon | 09:15
Mavzuga oid

22:01 / 13.05.2025
AQSh va Saudiya Arabistoni 600 mlrd dollarlik kelishuvga erishdi

15:27 / 13.05.2025
Donald Tramp Saudiya Arabistoniga keldi

08:20 / 13.05.2025
O‘zbekistonlik hojilarning dastlabki guruhi Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdi

12:15 / 10.05.2025