Ukraina Donetskdagi bozorga berilgan zarbaga aloqadorligini rad etdi
Tekstilshchik mikrorayonidagi bozorning o‘qqa tutilishi natijasida rossiyalik harbiylar nazoratidagi Donetskning 28 nafar fuqarosi halok bo‘ldi, yana 30 nafari yaralandi.

Foto: Dmitry Yagodkin/TASS/dpa/picture alliance
Ukraina qurolli kuchlari Rossiya tomonining rossiyalik qo‘shinlar nazorati ostidagi Donetskni o‘qqa tutganlik bo‘yicha ayblovlarini rad etdi. Bu haqda 21 yanvar, yakshanba kuni Tavriya mudofaa kuchlarining birlashgan matbuot markazi Facebook’da ma’lum qildi. «Ruslar Donetskdagi bozorga hujum uyushtirilgani haqida ma’lumot tarqatmoqda. Mas’uliyat bilan bildiramizki, «Tavriya» OSUVga bo‘ysunuvchi kuchlar bu holatda qurollar bilan jangovar ish olib bormagan», - deyiladi xabarda.
«DXR» rahbari: otishma natijasida 28 nafar tinch aholi halok bo‘ldi
O‘zini «Donetsk xalq respublikasi» deb e’lon qilgan hudud «rahbari» Denis Pushilinning so‘zlariga ko‘ra, 21 yanvar kuni Moskva vaqti bilan soat 21.00 holatiga ko‘ra, Tekstilshchik mikrorayonidagi bozorning o‘qqa tutilishi natijasida 28 nafar fuqaro halok bo‘lgan, yana 30 kishi jarohatlangan. «Yangilangan ma’lumotlarga ko‘ra, 152 mm va 155 mm kalibrli artilleriyadan qo‘shma zarba Kuraxovskiy va Krasnogorovskiy yo‘nalishlaridan amalga oshirilgan», — deb yozdi Pushilin Telegram-kanalida.
«Vajnyye istorii» nashrining Telegram-kanalida ta’kidlanishicha, Ukraina qurolli kuchlarining Ukraina nazoratidagi Krasnogorovka va Kuraxovo shaharlarida joylashgan Donetsk bozoridan masofa «artilleriyadan foydalanish diapazoniga to‘g‘ri keladi».
BMT bosh kotibi Donetskning o‘qqa tutilishini qoraladi
Rossiya tashqi ishlar vazirligi Ukrainani tinch aholiga qarshi «terrorchilik harakati»da aybladi. Donetskdagi zarba 22 yanvar kuni Sergey Lavrov ishtirokida bo‘lib o‘tadigan BMT xavfsizlik kengashining Ukraina bo‘yicha yig‘ilishi mavzularidan biri bo‘ladi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh kotibi Antoniu Guterrish «tinch aholi va fuqarolik infratuzilmasiga qilingan barcha hujumlarni, jumladan, Donetsk shahrining o‘qqa tutilishini keskin qoralaydi», deyiladi xalqaro tashkilot rahbari idorasi tomonidan tarqatilgan bayonotda.
Mavzuga oid

20:52 / 13.05.2025
Xitoy Ukrainadan Moskvadagi parad vaqtida hujum qilmaslikni so‘ragan

20:39 / 13.05.2025
Tramp Istanbuldagi muzokaralarga agar Putin ham keladigan bo‘lsa boradi - Kellog

13:36 / 13.05.2025
YeI Kiyevga RF aktivlaridan tushgan foydadan mudofaa uchun 2 mlrd yevro ajratdi

11:10 / 13.05.2025