Sport | 10:16 / 24.01.2024
8025
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston guruhni mag‘lubiyatsiz yakunladi. «Kengurular»ga sakrab gol urilgan, Sergeyev yo‘qotilgan «jang»dan fotogalereya

Foto: Tribuna.uz

Osiyo kubogi B gurihining so‘nggi turida O‘zbekiston (5) Avstraliyaga (7) qarshi durang o‘ynab, 2-o‘rin bilan 1/8 finalga yo‘llanma oldi. 

Birinchi bo‘lim so‘ngida Boyl bahsli penaltidan hisobni ochgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda Aziz Turg‘unboyev «kengurular» darvozasiga tarixiy birinchi golni bosh bilan urib muvozanatni ta’minladi — 1:1.

Bellashuvda «oq bo‘rilar» forvardi Igor Sergeyev tizzasidan jiddiy jarohat oldi va u uchun musobaqa yakunlandi. 

Qatarda bo‘lib turgan Tribuna.uz muxbiri Hasan Yusupov «Al Janub» stadionida o‘tgan qarama-qarshilikdan eksklyuziv fotojamlanma tayyorladi.

Mavzuga oid