Prezident poytaxtdagi drenaj tizimi muammolari haqida gapirdi

Foto: Videodan kadr
Shavkat Mirziyoyev 29 yanvar kuni o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida poytaxtdagi drenaj tizimi yog‘ingarchilik davrida aholi e’tiroziga sabab bo‘layotganini ta’kidladi.
Shu munosabat shahar hokimligi oldiga drenaj tizimidagi eng muammoli nuqtalarda qurilish ishlarini yakunlash hamda 1 sentabrga qadar poytaxt drenaj tizimi master-rejasini ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.
O‘tgan yilda temir yo‘lda vagonlar parkini yangilash va yuk tashish hajmini oshirish bo‘yicha sezilarli natijaga erishilmagani ko‘rsatib o‘tildi.

«O‘zbekiston temiryo‘llari»ga vagon ishlab chiqarishni modernizatsiya qilishga ajratilgan mablag‘lardan unumli foydalanib, 1,5 mingta yuk va yo‘lovchi vagonlari ishlab chiqarishi zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.
«Qo‘qon», «Samarqand», «Toshkent» vokzallari, «Andijon» va «Urganch» aeroportlari boshqaruvini xususiy sektorga berish masalasini o‘rganish topshirildi. Shahrisabz, Sariosiyo va Qo‘qon aerodromlarida ta’mirlash ishlarini yakunlab, mahalliy aviatashuvlarni yo‘lga qo‘yish vazifasi qo‘yildi.
Mavzuga oid

18:30 / 13.04.2025
14 aprel kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

12:07 / 11.04.2025
Turizm sohasida yangi vazifalar belgilandi. Avvalgi topshiriqlar ijrosi qoniqarlimi?

16:37 / 09.04.2025
Prezident zamonaviy turizm marshrutlarini tashkil etish bo‘yicha vazifalarni belgilab berdi

15:48 / 09.04.2025