Ukraina AQSh yordami bloklangan taqdirda davlat budjetini moliyalashtirishning muqobil rejasini ishlab chiqmoqda - OAV
Kiyev bu masalada Xalqaro Valuta Jamg‘armasidan (XVJ) yordam olishi mumkin.

Foto: AFP/Getty Images
Ukraina Qo‘shma Shtatlardan kelayotgan yordam to‘sib qo‘yilgan taqdirda davlat budjetini moliyalashtirish rejasini ko‘rib chiqmoqda, deb yozdi Bloomberg.
U obligatsiyalar chiqarish, soliqlarni oshirish va xarajatlarni kamaytirishni o‘z ichiga oladi. Buni Xalqaro Valuta Jamg‘armasidan (XVJ) transh olish umidida qilish taklif etilmoqda.
Ushbu reja 12 fevral kuni Kiyevga tashrif buyurishi rejalashtirilgan Ukrainadagi XVJ missiyasi rahbari Gevin Greyga taqdim etilishi kutilmoqda. Ushbu xalqaro tashkilotdan ajratiladigan transh miqdori 5,3 million dollarni tashkil qilishi mumkin.
Qayd etilishicha, Ukraina XVJ oldidagi majburiyatlarini bajarganiga qaramay, agar aniq harakatlar rejasi taqdim etilmasa, jamg‘arma rahbariyati transh o‘tkazilishini ma’qullamasligi mumkin.
AQSh Kongressi o‘z janubiy chegaralarini mustahkamlash, Isroil va Tayvanni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, Ukrainaga yordam uchun 60,1 milliard dollar ajratishni o‘z ichiga olgan qonunchilik tashabbusini muhokama qilishda davom etmoqda. Vakillar palatasida respublikachilar ushbu qonun loyihasiga qarshi chiqmoqda. Ular yordam ajratish masalasi alohida qonun bilan ko‘rib chiqilishini talab qilmoqda. Muzokaralar dekabr oyidan beri muvaffaqiyatsiz davom etyapti.
Mavzuga oid

21:23 / 27.04.2025
AQSh davlat kotibi kelasi hafta Rossiya-Ukraina urushi bo‘yicha muzokaralar uchun «nihoyatda muhim» bo‘lishini aytdi

18:17 / 27.04.2025
Rossiya dengiz piyodalari va Z-blogerlar Kursk oblastida hamon ukrain harbiylari borligini xabar qildi

15:46 / 27.04.2025
AQSh ichki xavfsizlik vazirining sumkasini o‘g‘irlashga aloqador shaxs hibsga olindi

10:16 / 27.04.2025