Sirdaryoda mas’ullar ekskavatorni haqiqiy bahosidan 215 mln so‘m qimmat narxda xarid qilib, budjet pulini o‘zlashtirdi
Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Foto: Prokuratura departamenti
Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanida “Ekskavator-pogruzchik” texnikasini qimmat narxda xarid qilib, budjet mablag‘larini o‘zlashtirish holati aniqlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar bermoqda.
Departamentning Mirzaobod tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda tuman obodonlashtirish boshqarmasi mas’ul shaxslari “Ekskavator-pogruzchik” texnikasini haqiqiy bahosidan 215,1 mln so‘mga qimmat narxda xarid qilib, budjet mablag‘larini rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilgani aniqlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid

11:15 / 05.06.2025
Vengriya Sirdaryoda parrandachilik klasterini barpo etadi

00:08 / 04.06.2025
Toshkentga 361 kg eshak go‘shtini olib ketayotgan Lacetti to‘xtatib qolindi

16:47 / 02.06.2025
Tojikiston, O‘zbekiston va Qozog‘iston «Bahri Tojik» suv omboridan birgalikda foydalanadi

08:40 / 30.05.2025