Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh va Germaniyada «O‘zbekiston IT-kunlari» xalqaro tadbiri o‘tkaziladi
Shuningdek, Germaniya va Saudiya Arabistonida asosiy faoliyati mahalliy korxonalar uchun IT-xizmatlar bo‘yicha buyurtmalarni jalb qilishga qaratilgan IT-park vakolatxonasi (filiali) faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

«Mamlakatimizda raqamlashtirish sohasidagi xizmatlar eksportini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, quyidagilar amalga oshiriladi:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda IT-sanoatni rivojlantirish, aholini yuqori daromadli ish o‘rinlari va zamonaviy kasblar bilan ta’minlash, shuningdek, hududlarga IT-xizmatlar eksport qiluvchi korxonalarni keng jalb qilishga qaratilgan dastur (Zero Risk);
- mahalliy bozor uchun IT-xizmatlar ko‘rsatish sohasida faoliyat yurituvchi korxonalarni xalqaro IT-bozorga olib chiqish, ularning eksport faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha loyiha (Local to Global).
2024 yilda Germaniya va Saudiya Arabistonida asosiy faoliyati mahalliy korxonalar uchun IT-xizmatlar bo‘yicha buyurtmalarni jalb qilishga qaratilgan IT-park vakolatxonasi (filiali) faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Bunda, IT-park direksiyasiga mazkur xorijiy mamlakatlarda vakolatxonalar (filiallar) faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun 2027 yil 1 yanvargacha har bir vakolatxonaga yiliga 200 ming AQSh dollari ekvivalentigacha moliyalashtirish uchun mablag‘ yo‘naltirishga ruxsat beriladi.
Xorijiy mamlakatlarda muntazam ravishda, shu jumladan 2024 yilda AQSh va Germaniyada «O‘zbekiston IT-kunlari» xalqaro tadbiri o‘tkaziladi.
Mavzuga oid

22:15 / 22.02.2024
IT-park rezidentlariga bo‘sh turgan davlat binolari 1 yilgacha muddatga tekin foydalanishga beriladi

12:51 / 23.11.2022
IT-parkdagi yong‘in tafsilotlari ma’lum qilindi

07:33 / 29.08.2022
IT-parkda 20, 22 va 25 qavatli binolar qurib bitkazildi

16:07 / 11.12.2021