Instagram xabarlarni tahrirlash funksiyasini joriy qildi
Biroq, bu imkoniyatdan xabar yuborilganidan keyin faqat 15 daqiqa davomida foydalanish mumkin.

Instagram ijtimoiy tarmog‘i ilovaga yangi funksiya qo‘shdi, uning yordamida foydalanuvchilar yuborilgan xabarlarni tahrirlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Biroq, bu imkoniyatdan xabar yuborilganidan keyin faqat 15 daqiqa davomida foydalanish mumkin.
Ilgari, agar xabardagi xatoni tuzatishga to‘g‘ri kelsa, yagona variant uni o‘chirish va qayta yuborish edi.
Xabarni tahrirlash uchun uni bosib turish va qalqib chiquvchi menyu paydo bo‘lgach, «Tahrirlash» bandini tanlash kerak. Tahrirlashdan so‘ng, o‘zgartirilgan xabar «Tahrirlangan» deb belgilanadi.
2023 yil dekabrida Google Messages xabar jo‘natgandan keyin tahrirlash imkoniyatini joriy qildi. 2022 yilda iMessage, 2023 yilda esa WhatsApp foydalanuvchilari ham shunday imkoniyatga ega bo‘lgan edi.
Mavzuga oid

20:47 / 09.06.2025
BYD elektromobilni quvvatlash vaqtini 5 daqiqagacha qisqartirdi

22:02 / 31.05.2025
Yaponiyada internet tezligi bo‘yicha yangi jahon rekordi o‘rnatildi

18:18 / 23.05.2025
Ijtimoiy tarmoqlar o‘smirlarda depressiyani kuchaytirishi isbotlandi

10:48 / 24.04.2025