O‘zbekiston hindistonliklar uchun to‘y sayohati manziliga aylanishi mumkin
O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasida sayyohlikning yangi turlarini birgalikda o‘zlashtirish istiqbollari muhokama qilindi.

Foto: «Dunyo» AA
Hindistonda yakunlangan Janubiy Osiyo savdo-turizm ko‘rgazmasi (South Asia Trade Travel Exhibition - SATTE) doirasida uyushtirilgan shu’ba muhokamalarida O‘zbekiston elchixonasi tomonidan mamlakat turizm salohiyati taqdim qilindi.
"Dunyo" xabariga ko‘ra, mamlakat milliy pavilonida diplomatiya missiyasi, O‘zbekiston turizm qo‘mitasi, qator turistik kompaniyalar hamda Hindiston va boshqa davlatlarning sayyohlik tashkilotlari va kompaniyalari vakillari o‘rtasida samarali muzokaralar o‘tkazildi. Ularda, jumladan, sayyohlikning yangi turlarini birgalikda o‘zlashtirish istiqbollari muhokama qilindi.
Xususan, to‘y marosimlarini uyushtirishga ixtisoslashgan yirik WDNE kompaniyasi katta vitse-prezidenti Vandita Bava bilan uchrashuv chog‘ida ushbu yo‘nalishda hamkorlik qilish uchun salmoqli salohiyat mavjudligi urg‘ulandi hamda bu borada qo‘shma loyihalar amalga oshirish bo‘yicha kelishib olindi.
Mavzuga oid

18:43 / 12.06.2025
OAV Hindistondagi aviahalokatdan bir kishi omon qolgani haqida xabar berdi

17:07 / 12.06.2025
Shavkat Mirziyoyev samolyot aviahalokati yuzasidan Hindiston rahbariyatiga ta’ziya bildirdi

14:03 / 12.06.2025
Hindistonda Londonga uchayotgan samolyot quladi. Asosiy ma’lumotlar

19:08 / 09.06.2025