Pokistonga yangi prezident saylandi
Osif Ali Zardoriy ikkinchi marta mamlakat prezidenti bo‘ldi.

Foto: AP
Pokiston parlamenti a’zolari 9 mart kuni Pokiston xalq partiyasi yetakchilaridan biri Osif Ali Zardoriyni prezident lavozimiga sayladi.
Saylovda 68 yoshli Zardoriy 411 ta ovoz to‘pladi, uning raqibi Mahmud Xon Ochoqzoy 181 ta ovoz oldi.
Zardoriy hukmron koalitsiya – Pokiston xalq partiyasi va Pokiston musulmon ligasining qo‘shma nomzodi edi. U 2008 yildan 2013 yilgacha ham mamlakatga prezidentlik qilgan.
Pokiston parlament respublikasi hisoblanadi, u yerda prezidentning vakolatlari cheklangan.
Mavzuga oid

15:34
“Suv urushi” ehtimoli: Hindiston Pokistonni suvsiz qoldirish bilan tahdid qilmoqda

13:54
G‘arbiy sohildagi quvg‘inlar, Falastin uchun kurashayotgan Harvard va portlatilgan rus generali - kun dayjesti

02:00
Hindiston va Pokiston munosabatlari taranglashdi

11:19 / 25.04.2025