Maktablarda davomat 97,7 foizga yetdi - Milliy gvardiya
Ta’lim-tarbiya borasidagi majburiyatlarni bajarmagan 124 ming ota-ona rasmiy ogohlantirilgan, 4 mingga yaqini ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Foto: Milliy gvardiya
Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi hamda Milliy gvardiya hamkorligida joriy yilning 6-8 fevral kunlari o‘tkazilgan dastlabki o‘rganishlarda 188 ming o‘quvchi darsga sababsiz kelmagani aniqlangan. Bu haqda Milliy gvardiya axborot xizmati rahbari Davron Jumanazarov ma’lum qildi.
Qayd qilinishicha, ta’lim-tarbiya borasidagi majburiyatlarni bajarmagan 124 ming ota-ona rasmiy ogohlantirilgan, 4 mingga yaqini ma’muriy javobgarlikka tortilgan.
6 fevraldan 7 martga qadar 1 mln 769 ming nafar o‘quvchi maktabga qaytarilgan. Respublika buyicha davomat 97,7 foizga yetgan.
Maktablarda xavfsizlikni ta’minlash borasida yangi ish tizimi joriy qilingan. Oldin maktab qorovuli faqat tungi paytda maktabda o‘tirish bilan chegaralgan bo‘lsa, hozir kunduzgi vaqtda ham xizmat qilib, maktabga begonalar kirishini oldini olish, kirish-chiqish va ichki tartibni nazorat qilish bilan shug‘ullanmoqda. So‘nggi haftada respublika bo‘yicha 6 ta holatda maktabga begonalar kirishining oldi olingan. Barcha xolat bo‘yicha aybdor shaxslarga qonunchilikda belgilangan jinoiy va ma’muriy javobgarlik choralari ko‘rilgan.
Eslatib o‘tamiz, 5 fevral kuni prezident huzurida ijtimoiy sohalardagi ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida, maktablardagi tarbiya va ma’naviyat masalasiga alohida urg‘u berilib, darslardagi davomat 70 foizni tashkil etayotgani va o‘tgan yili maktab o‘quvchilari o‘rtasida 2 ming 280 ta jinoyat sodir etilganiga tanqidiy baho berilgan edi.
Shundan so‘ng, Milliy gvardiyaga o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash orqali ularda «huquqbuzarlikka qarshi immunitet» hosil qilish, maktablardagi axloqiy-ruhiy muhitni o‘rganish, «maktab - oila - mahalla» zanjirini mustahkamlash va davomatni yaxshilashga ko‘maklashish borasida aniq vazifalar belgilab berildi.
Tavsiya etamiz
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ko‘za kunda emas, kunida sinadi. Bog‘chalar bolalar hayoti bilan o‘ynashmoqda
O‘zbekiston | 16:20
-
Toshkentda ruxsatsiz o‘rnatilgan reklama, banner va peshlavhalar olib tashlanmoqda
O‘zbekiston | 16:17
-
2025 yilgi Haj mavsumi qachondan boshlanishi ma’lum qilindi
Jamiyat | 16:09
-
Belarus O‘zbekistonda yig‘ma yog‘och uylarni ishlab chiqarishni tashkil etishi mumkin
O‘zbekiston | 15:31
Mavzuga oid

13:12 / 10.03.2025
Toshkentdagi 200 ga yaqin maktabda “Davomat”, “O‘quvchi” va “O‘smir” tadbirlari o‘tkazildi

09:54 / 06.03.2025
Milliy gvardiya tizimiga ishga kiritish bilan bog‘liq noqonuniy holatlar aniqlandi

17:11 / 07.02.2025
Milliy gvardiyaga ma’muriy jazo chorasini qo‘llash vakolati berildi

12:29 / 25.01.2025