Bog‘lar, bolalar va sport maydonchalari xalqniki bo‘lishi kerak - Adolat SDP
«Adolat» sotsial-demokratik partiyasi umumiy foydalanishdagi obektlarni muhofaza qilish bo‘yicha takliflarni ilgari surdi.

Foto: Kun.uz
Turar joylar oldidagi bog‘lar, bolalar va sport maydonchalari, boshqa ijtimoiy obektlar joylashgan yerlar xalqniki bo‘lishi kerak. Bu haqda «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi bayonot berdi.
«Ma’lumki, so‘nggi yetti yilda mamlakatimizda yer munosabatlariga oid tub islohotlar amalga oshirildi, yer maydonlarini noqonuniy berish yoki sotish yo‘nalishida korrupsiyaga qarshi kurashish maqsadida bir qator qonunlar qabul qilindi, yerlarni kim oshdi yoki auksion savdolari orqali shaffof olish tizimi yaratildi. Shunga qaramasdan, ko‘p qavatli uylar va boshqa turar joylar oldidagi yoki orasidagi bolalar o‘yin va sport maydonchalari, ko‘llar, bog‘lar va daraxtzorlarni, ya’ni umumiy foydalanishdagi ijtimoiy obektlarni yoki yerlarni turli obektlar (ko‘p qavatli uy, restoran, mehmonxona, savdo majmuasi va hokazo) qurish uchun berib yuborish, aholining roziligisiz hokimiyat zaxirasiga olib, keyinchalik kim oshdi yoki auksion orqali sotish holatlari ham uchrab turibdi», deyiladi bayonotda.
Misol keltirilishicha, Toshkentning Yakkasaroy tumani, «Yunus Rajabiy» mahallasidagi futbol maydoni va yashil hudud o‘rnida 5 qavatli bino qurilishi rejalashtirilgan. Vaholanki, aholi bir yarim yildan beri bunga o‘z noroziligi bildirib kelmoqda. Aholining qarshiligiga qaramasdan Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, «Bahor» mahallasida joylashgan futbol maydoni o‘rnida ham ko‘p qavatli bino qurilishi mo‘ljallangan.
Shu kabi holatlarining oldini olish maqsadida «Adolat» SDP quyidagi tashabbuslarni ilgari surdi:
- birinchidan, hokimlar yoki boshqa mansabdor shaxslarning turar joylar oldidagi umumiy foydalanishdagi obektlarni (bolalar o‘yin va sport maydonchalari, ko‘llar, bog‘lar, daraxtzorlar va boshqa yerlarni) hokimiyat zaxirasiga olishni, shuningdek, har qanday ko‘rinishda boshqa shaxslarga berishni taqiqlash;
- ikkinchidan, ushbu obektlar yoki ular joylashgan yer uchastkalari hokimlar yoki boshqa mansabdor shaxslarning noqonuniy qarorlari asosida har qanday ko‘rinishda boshqa shaxslarga berilsa, bunday obektlarni umumiy foydalanishga qaytarish, tegishli mansabdor shaxslardan yetkazilgan zararni to‘liq undirish va ularni javobgarlikka tortish.
Mavzuga oid

13:02 / 24.04.2025
Avtomobillarning noqonuniy ijarasi bilan bog‘liq holat bo‘yicha deputat so‘rovi yuborildi

16:40 / 23.11.2024
Propan narxi keskin oshib ketgani yuzasidan mas’ul idoralarga deputatlik so‘rovi yuborildi

17:38 / 25.10.2024
Qarshida o‘qituvchilar va ta’lim sohasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi

12:00 / 25.10.2024