Zelenskiyning chegara hududga tashrifi va Xarkivdagi vayrongarchiliklar. Urush suratlari
Ukrainada urushning 763-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Belgorodda dron shahar markazidagi IIV binosiga urildi, bir ayol jarohatlangan.
- Xarkivdagi aholi yashash kvartali o‘qqa tutilishi oqibatida bir kishi halok bo‘lib, yana 19 kishi yaralangan.
- Bayden yana bir bor Putinni «qassob» deb atadi va Ukraina uchun yordam ajratishga chaqirdi.
- Moskva munitsipalitetining sobiq deputati Lyusyu Shteyn armiya to‘g‘risidagi «feyk» uchun sirtdan olti yillik qamoq jazosiga hukm qilindi.
- Davlat dumasi deputatlari Tergov qo‘mitasidan «AQSh NATO davlatlari hamda Ukraina maxsus xizmatlari bilan birgalikda Rossiyada amalga oshirayotgan terrorizm aktlari»ni tekshirishni talab qildi.
- Samsung Pay «Mir» kartalariga xizmat ko‘rsatishni to‘xtatdi.
- RF mudofaa vazirligi Belgorod oblasti uzra 18 ta reaktiv snaryad urib tushirilganini ma’lum qildi.
Xarkiv o‘qqa tutilishi
Rossiya qo‘shini 27 mart kuni Xarkiv bo‘ylab zarbalar berdi. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning yozishicha, raketalar orqali o‘qqa tutish va dronlar hujumidan keyin Xarkivga aviabombalar tashlangan — «shunchaki oddiy ko‘chalar, uylar, maktab, oddiy fuqarolik infratuzilmalariga». Xarkiv oblasti rahbari Oleg Sinegubov Xarkiv shahriga ilk bor «yirik kalibrli boshqariluvchi o‘q-dori» bilan zarba berilganini aytgan. «Aftidan, rossiyaliklar o‘zining takomillashtirilgan bombasini aholi yashaydigan binolarda sinab ko‘rishga qaror qildi. Bolalar maydonchalarida, maktablarda, shifoxonalarda», — deya qayd etgan Sinegubov.

Adri Salido / Anadolu Agency / ddp / Vida Press

Adri Salido / Anadolu Agency / ddp / Vida Press

Sergey Bobok / AFP / Scanpix / LETA

Oleksandra Novosel / Suspilne Ukraine / JSC «UA:PBC» / Global Images Ukraine / Getty Images

Vyacheslav Madiyevskyy / Reuters / Scanpix / LETA
Volodimir Zelenskiyning Sumi oblastiga tashrifi
Ukraina prezidenti 27 mart kuni Sumi oblastiga keldi. U hospitallardan biridagi harbiylarni ziyorat qilgan, talabalar bilan uchrashgan, shuningdek region xavfsizligi va mudofaasi masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazgan.

Ukraina prezidenti matbuot xizmati

Ukraina prezidenti matbuot xizmati

Ukraina prezidenti matbuot xizmati


Ukraina prezidenti matbuot xizmati
Avdiyivka atrofidagi ukrain askarlari
Rossiya qo‘shini Donetsk oblastida oldinga yurishga harakat qilmoqda. Ukraina qurolli kuchlari Bosh shtabining 27 mart tongidagi ma’lumotiga ko‘ra, o‘tgan kun davomida Avdiyivka yo‘nalishida ukrain harbiylari Berdichi, Semenovka va Nevelske aholi yashash manzillarida raqibning to‘qqiz hujumini bartaraf etgan. Ukrain harbiylariga ko‘ra, Rossiya qo‘shini kun davomida artilleriya va minomyotlardan frontning mazkur uchastkasida joylashgan 10 ta aholi yashash manzillarini o‘qqa tutgan.

Efrem Lukatsky / AP / Scanpix / LETA

Efrem Lukatsky / AP / Scanpix / LETA

Efrem Lukatsky / AP / Scanpix / LETA

Efrem Lukatsky / AP / Scanpix / LETA
Avdiyivka yo‘nalishidagi Ocheretinoda vayrongarchilik
Ocheretino — Ukrainaning Donetsk oblasti Yasinovataya rayonida, Donetskdan shimoli-g‘arbda, Avdiyivkadan uncha uzoq bo‘lmagan hududda joylashgan posyolka. Posyolka muntazam ravishda Rossiya qo‘shini tomonidan o‘qqa tutilmoqda va kuchli darajada vayron bo‘lgan. Keng ko‘lamli urushga qadar Ocheretinoda 4,3 ming atrofida odam yashardi. Fevral oyida posyolkaga kelgan jurnalistlar bu yerda 570 kishi qolganini ma’lum qilishgan.

Jose Colon / Anadolu / ddp / Vida Press

Jose Colon / Anadolu / ddp / Vida Press

Belgorod o‘qqa tutilishi oqibatlari
Belgorod shahri va Belgorod rayoni 24 mart kuni yana bir bor Ukraina qurolli kuchlari tomonidan o‘qqa tutilgandi. Region rahbari Vyacheslav Gladkovning ma’lumotiga ko‘ra, to‘rt kishi yaralangan, shundan uch nafari shifoxonaga yotqizilgan. Belgorod mart oyi boshidan buyon deyarli har kuni zarbaga uchramoqda.

AFP / Scanpix / LETA


Belgorod meri Valentin Demidovning Telegram-kanali

AFP / Scanpix / LETA
Mavzuga oid

01:02
«Men Ukrainani qutqaryapman» - Tramp

17:19 / 29.04.2025
Reuters: Razvedka Trampga Kursk oblastidagi ukrainalik harbiylar qurshovda emasligini ma’lum qilgan

15:27 / 29.04.2025
Isroilga qarshi sud eshituvi, Hindiston hujumini kutayotgan Pokiston va Ukrainada 9 may otashkesimi - kun dayjesti

11:48 / 29.04.2025