Toshkent ko‘chalarida zirhli harbiy texnikalar harakatlanadi
Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlarining maxsus-taktik o‘quvlari doirasida zirhli texnikalar, harbiy yengil zirhli va yuk avtomobillari Toshkent viloyati va Toshkent shahrining belgilangan marshrutlari bo‘yicha harakatlanadi.

Foto: Mudofaa vazirligi
Bugun, 6 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining asosiy tadbirlar rejasiga muvofiq, Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlari bo‘linmalari ishtirokida maxsus-taktik o‘quvlar boshlangan. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
«Bo‘linmalarning jangovar shayligini yanada oshirish, o‘zaro uyg‘unlik harakatlarini muvofiqlashtirish hamda professional darajada harakatlanish ko‘nikmalari va tayyorgarligini har tomonlama baholash maqsadida tashkil etilgan taktik o‘quvlarda harbiy okrug qo‘shinlari bo‘linmalarining zirhli texnikalari, harbiy yengil zirhli va yuk avtomobillarining Toshkent viloyati va Toshkent shahrining belgilangan marshrutlari bo‘yicha harakatlanishi rejalashtirilgan», deyiladi xabarda.
Harbiy texnikalar harakati vaqtida haydovchilarga yo‘l-harakati qoidalari va harakat xavfsizligiga qat’iy rioya qilish tavsiya qilinadi.
Mavzuga oid

21:59 / 13.05.2025
Toshkentda o‘qishga kiritib qo‘yish uchun 48 mln so‘m so‘ragan shaxs ushlandi

19:08 / 13.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi

09:50 / 09.05.2025
Toshkentda uchta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

23:21 / 08.05.2025