Toshkent shahridagi Bo‘rijar kanalida 3 kishi cho‘kib ketdi
Ayol va bola jasadi topildi, uchinchi shaxs qidirilmoqda.

Foto: Videodan kadr
Toshkent shahrining Chilonzor tumanidan oqib o‘tuvchi Bo‘rijar kanalida 3 kishi cho‘kib ketdi. Ularning biri hali ham qidirilmoqda. Bu haqda RTV kanalida lavha berildi.
Toshkent shahri FVB matbuot kotibining Kun.uz’ga xabar berishicha, baxtsiz hodisa 10 aprel kuni sodir bo‘lgan.
Dastlabki taxminlar va guvohlarning ko‘rsatmalariga ko‘ra, 5 yoshli bola kanal qirg‘og‘ida o‘ynab yurganida, ehtiyotsizlik oqibatida suvga tushib, oqib ketgan. Buni ko‘rgan ayol kishi uni qutqarmoqchi bo‘lib suvga tushgan va u ham kuchli oqim oqibatida suvga g‘arq bo‘lgan. Bunga guvoh bo‘lgan yana bir shaxs ularni qutqarmoqchi bo‘lib, suvga sakragan va oqimga dosh berolmay, cho‘kib ketgan.
Ayol va bola bir-biriga qarindosh emasligi ta’kidlanmoqda, ularning jasadi topilgan. Uchinchi shaxsning jasadi qidirilmoqda.
Mavzuga oid

14:12 / 14.06.2025
Toshkentda ikki yigit nogironligi bor tanishining pulini olib qochdi

11:54 / 14.06.2025
Toshkentda quyma oltinga o‘xshatib tayyorlangan metallarni 70 ming dollarga sotayotganlar ushlandi

11:42 / 14.06.2025
Toshkent, Jizzax va Samarqandda uglerod xomashyosini ishlab chiqarish loyihasi amalga oshiriladi

22:20 / 13.06.2025