O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston Qambarota GES-1 bo‘yicha AJ tashkil etish niyatida
Mamlakatlar tegishli bitim tuzishga tayyorlanmoqda.

Foto: Knews
O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston Qambarota GES-1 qurilishi va ekspluatatsiyasi loyihasini amalga oshirish maqsadida aksiyadorlik jamiyati tashkil etish niyatida.
Knews’ning yozishicha, bunda Qirg‘iziston tomonining loyihadagi va ustav kapitalidagi ulushi 34 foizni, Qozog‘iston va O‘zbekiston tomoni esa 33 foizdan oladi. Tegishli uch tomonlama hukumatlararo bitim loyihasi Qozog‘istonning «Ochiq normativ-huquqiy hujjatlar» saytida e’lon qilindi, deb yozadi.
Hujjatda qayd etilishicha, «tomonlarning loyiha doirasidagi hamkorligi asosiy tamoyillari Qambarota GES-1da ishlab chiqariladigan elektr energiyasining barcha hajmini tomonlar belgilagan tashkilotlar tomonidan kafolatlangan xarid qilishdan iborat».
Loyiha amalga oshirilgach, Qambarota GES-1 aksiyalari va aktivlari to‘liq qirg‘iz tomonining mulkiga o‘tadi, deyiladi shartnoma loyihasida.
2023 yil yanvar oyida Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston energetika idoralari rahbarlari Norin daryosida Qambarota GES-1 qurilishi loyihasini amalga oshirish bo‘yicha yo‘l xaritasini imzolagan edi.
Qozog‘iston Energetika vazirligining fikricha, Qambarota GES-1 Qirg‘izistondagi eng yirik elektr stansiyaga aylanishi kerak va Markaziy Osiyo mamlakatlarini elektr energiyasi bilan ta’minlaydi, shuningdek, mintaqaning suv ta’minotini barqarorlashtiradi.
Avvalroq prezident Sadir Japarov Qambar-Ota-1 GESi qurilishi 5-6 milliard dollarga tushishini aytgan edi.
Mavzuga oid

10:48 / 08.05.2025
Top-menejerlarga fidutsiar majburiyat yuklash: afzalliklar va risklar

13:39 / 28.04.2025
Aksiyadorlik jamiyatlari xodimlari aksiyalarni sotib olishda imtiyozli huquqqa ega bo‘ldi

20:42 / 11.09.2023
Rossiya Qambarota GES-1 qurilishida ishtirok etmoqchi

14:35 / 28.12.2017