Osiyo kubogi U23. O‘zbekiston olimpiya jamoasi Saudiya Arabistonini mag‘lub etib, yarimfinalga chiqdi
Qatarda o‘tayotgan Osiyo kubogi U23 chorakfinali doirasidagi uchinchi bahsda O‘zbekiston olimpiya jamoasi Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga tushdi.

Dohadagi «Xalifa» stadionida o‘tgan bahsda Temur Kapadze murabbiyligidagi jamoamiz 45+2-daqiqada Husayn Norchayevning goli evaziga hisobni ochib, tanaffusga g‘olib sifatida chiqib ketdi - 1:0.
Ikkinchi bo‘limda ham maydonda raqibdan ustunligini ko‘rsatgan olimpiyachilarimiz 85-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Umarali Rahmonaliyevning goli evaziga hisobdagi farqni ikkitaga oshirib, yakunda ishonchli g‘alabaga erishishdi – 2:0.
Shu tariqa, O‘zbekiston olimpiya jamoasi yarimfinalga yo‘llanma olib, eng kamida Parij Olimpiadasi yo‘llanmasi uchun pley-off bahsida maydonga tushishini kafolatladi. Olimpiyachilarimiz final yo‘llanmasi uchun bahsda 29 aprel kuni Indoneziyaga qarshi maydonga tushadi.
Ma’lumot uchun, Parij-2024 Olimpiadasiga Osiyo uchun 3,5ta o‘rin ajratilgan. Finalchilar va 3-o‘rin sohibi Parijga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmaga ega chiqsa, 4-o‘rin sohibi Afrika qit’asining Gvineya olimpiya jamoasiga qarshi pley-offda to‘p surib, Olimpiadaga chiqish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Osiyo kubogi U23. Yarimfinal
26 aprel (juma)
O‘zbekiston U23 – Saudiya Arabistoni U23 – 2:0
Bosh hakam: Ahmad Faysal Muhammad (Iordaniya)
VAR: Sivakorn Pu Udom (Tailand)
Gollar: Husayn Norchayev 45+2, Umarali Rahmonaliyev 85.
O‘zbekiston U23: 1.Abduvohid Ne’matov, 4. Abduqodir Husanov, 5. Muhammadqodir Hamraliyev, 6. Ibrohimxalil Yo‘ldoshev, 10. Jasur Jaloliddinov, 14. Abbosbek Fayzullayev, 17. Diyor Xolmatov (15. Umarali Rahmonaliyev, 80), 18. Alibek Davronov, 19. Husayn Norchayev (22. Alisher Odilov, 80), 20. Ruslanbek Jiyanov, 23. Abdurauf Bo‘riyev.
Saudiya Arabistoni U23: 2. Muhammad Vohib Alshamat, 4. Rayan Muhammad Hamid, 6. Eid Almuvallad, 8. Faysal Al G‘amdi, 9. Abdulloh Radif, 11. Ahmad Al Gamdi, 12. Zakaria Havsavi, 17. Xaytam Muhammad Asiri, 19. Meshal Ibyani Hayrulloh, 22. Muhammad Salim Alabsi, 23. Ayman Yahyo.
Chetlatish: Ayman Yahyo, 70 (S.)
Tavsiya etamiz
Husanovning o‘yinsiz seriyasi atrofidagi savollar va javoblar
Sport | 18:17 / 04.05.2025
9 may bayrammi yoki motam? Bu kunning mazmuni qanday?
O‘zbekiston | 21:19 / 03.05.2025
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
Orzu-havas niqobini kiygan kimo‘zarga o‘ynash: hukumat to‘ylarni tartibga sola oladimi?
O‘zbekiston | 17:00 / 30.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Britaniyalik ayol dam olish kuni ishdan bo‘shatilgani uchun 25 ming funt undirib oldi
Jahon | 23:51 / 06.05.2025
-
«Hech qachon hech qachon demang» - Tramp Kanadaning AQShga qo‘shilishi haqida
Jahon | 23:14 / 06.05.2025
-
AQSh va G‘arbiy Yevropa aholisining qariyb yarmi Rossiya tufayli uchinchi jahon urushi boshlanishini kutmoqda
Jahon | 23:08 / 06.05.2025
-
6 may yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 23:01 / 06.05.2025
Mavzuga oid

18:34 / 03.07.2024
O‘zbekiston U23 jamoasining Parij Olimpiadasi uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi

00:12 / 04.05.2024
Parij-2024. O‘zbekiston guruh bosqichini Ispaniyaga qarshi o‘yin bilan boshlaydi

22:43 / 03.05.2024
Osiyo kubogi U23. O‘zbekiston finalda Yaponiyaga mag‘lub bo‘lib, ketma-ket ikkinchi marta qit’ada ikkinchi o‘rinni egalladi

16:30 / 30.04.2024