Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi
Yoqilg‘i 1000 km parvoz uchun yetadi, shundan so‘ng, yerga qo‘nib, qanotlarni korpus ichiga tortib, yo‘l bo‘ylab harakatlanish mumkin.

Foto: autoevolution.com
Slovakiyada ishlab chiqarilgan AirCar avtomobil va samolyot gibridi yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi. Auto Evolution portaliga ko‘ra, elektron musiqa kompozitori Jan-Mishel Jar transport vositasini sinovdan o‘tkazgan.
Sportkar va samolyot gibridi parvozga yaroqlilik sertifikatini 2022 yilda olgan edi. Qayd qilinishicha, yoqilg‘i 1000 km parvoz uchun yetadi, shundan so‘ng, yerga qo‘nib, qanotlarni korpus ichiga tortib, yo‘l bo‘ylab harakatlanish mumkin.
AirCar umumiy og‘irligi 200 kg vazngacha bo‘lgan ikki kishini tashishi va 300 km/soat tezlikka erishishi mumkin. Muhim jihat shundaki, uchar taksi prototiplaridan farqli o‘laroq, bu transformer vertikal ravishda ucha olmaydi va qo‘na olmaydi: unga uchish-qo‘nish yo‘lagi kerak. Bundan tashqari, avtomobildan samolyotga aylanish uchun 2 daqiqa 15 soniya kerak bo‘ladi.
AirCar sotuvi bu yilga mo‘ljallangan, biroq narxi hali e’lon qilinmagan. Taxminlarga ko‘ra, uchar avtomobil narxi 500 ming dollardan 1 million dollargacha bo‘lishi mumkin. Avtomobilni boshqarish uchun uchuvchi guvohnomasi bo‘lishi talab qilinadi.
Mavzuga oid

16:56 / 09.06.2025
Shavkat Mirziyoyev va Slovakiya bosh vaziri birgalikda daraxt ekdi

16:24 / 09.06.2025
Yevropaga ochilayotgan eshik: Slovakiya bosh vaziri tashrifi va O‘zbekiston uchun yangi imkoniyatlar

15:15 / 09.06.2025
O‘zbekiston va Slovakiya o‘rtasida strategik sheriklik munosabatlari o‘rnatildi

14:34 / 09.06.2025