Samarqandda 1 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan ikkita issiqxona aniqlandi
Hududlarda gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Past Darg‘om tuman bo‘limi tomonidan IIB, “O‘zenergoinspeksiya” va GTF xodimlari bilan hamkorlikda tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi.
Unda, “Nayman” MFY hududidagi xonadonda yashovchi G‘.X. o‘ziga qarashli issiqxonaga hech qanday hujjatsiz tijorat maqsadida 20 dona qo‘lbola usulda yasalgan isitish uskunalarini o‘zboshimchalik bilan o‘rnatib, jami 688,9 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlangan.
Shu kabi, “Qozoq-Nayman” mahallasi hududidagi xonadonda yashovchi X.Sh. o‘ziga tegishli issiqxonada qo‘lbola usulda yasalgan isitish uskunalarini o‘rnatib, 329,6 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi.
Departamentning Bo‘ston tuman bo‘limi tomonidan ETK xodimlari bilan hamkorlikda tadbir o‘tkazilgan.
Unda, T-I. MChJ mas’ul shaxslari tuman elektr ta’minoti korxonasi mas’ul shaxslari bilan o‘zaro til biriktirib, MChJga qarashli binoda nazorat muhri bo‘lmagan elektr hisoblagichni o‘rnatib, jami 105,2 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid

14:00 / 11.06.2025
1,3 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan ovqatlanish maskani aniqlandi

13:08 / 09.06.2025
Rossiya O‘zbekistonga gaz yetkazib berishni 4 barobardan ortiqqa oshirdi

16:33 / 06.06.2025
Gaz va elektr kompensatsiyasi uchun ariza qabul qilish boshlandi

09:54 / 04.06.2025