Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda qaytganlarni reabilitatsiya va reintegratsiya qilish bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tadi
Qozog‘istonning ommabop "Infozakon" internet nashrida "Toshkentda Qaytganlarni reabilitatsiya va reintegratsiya qilish masalalari bo‘yicha mintaqaviy ekspertlar kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi" sarlavhali maqola e’lon qilindi, deb xabar bermoqda "Dunyo".

Foto: Infozakon
"Infozakon"ning xabar qilishicha, Mintaqaviy ekspertlar kengashi prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2022 yil mart oyida Toshkentda tashkil etilgan yuqori darajadagi "BMT global aksilterror strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Qo‘shma harakatlar rejasi doirasida Markaziy Osiyo mamlakatlari mintaqaviy hamkorligi" xalqaro konferensiyasida ilgari surilgan va xalqaro sheriklar tomonidan keng ko‘lamda qo‘llab-quvvatlanayotgan tashabbusi doirasida tashkil etilmoqda.
Maqolada qayd etilishicha, Mintaqaviy ekspertlar kengashining Toshkentdagi birinchi yig‘ilishida Markaziy Osiyo davlatlari, xalqaro tashkilotlar – BMT va YeXHTning yuqori martabali mansabdor shaxslari, shuningdek qaytganlarni reabilitatsiya va reintegratsiya qilish, xususan jinoiy harakatlar sodir etishda gumon qilinayotgan shaxslarni javobgarlikka tortish sohasidagi mutaxassislar ishtirok etadi.
"Tadbir doirasida "Repatriantlarni reabilitatsiya va reintegratsiya qilishga davlat va umumiy ijtimoiy yondashuvning ahamiyati", "Mahalliy jamoalar va jamoat tashkilotlarining sohadagi o‘rni" kabi muhim mavzularda seksiyalar tashkil etiladi", – deb yakunlaydi "Infozakon".
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Istanbuldan uchgan Uzbekistan Airways samolyotidagi nosozlik bo‘yicha ma’lumot berildi
O‘zbekiston | 21:59
-
Andijonda 40 million dollarlik innovatsion klinika barpo etilishi mumkin
O‘zbekiston | 21:41
-
Xususiy universitetlarga sirtqi ta’limga kirishning aylanma yo‘li paydo bo‘ldi
O‘zbekiston | 21:19
-
Rossiyada sovet qurollari zaxirasi tugab bormoqda
Jahon | 21:19
Mavzuga oid

16:42 / 06.06.2025
Ukrainalik bolalar dam olish va reabilitatsiya uchun O‘zbekistonga keldi

13:50 / 01.02.2025
O‘zbekistonda Koreya tajribasi asosida reabilitatsiya xizmatlari joriy etiladi

22:37 / 19.07.2024
Siyosiy qatag‘on qurbonlarini yod etish haftaligi o‘tkaziladi

07:41 / 29.02.2024