Baxtiyor Qudratullayevga qo‘yilayotgan ayblovlarga aniqlik kiritildi
Uning qilmishida odam o‘limi bilan tugagan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish jinoyati mavjud bo‘lmagan.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
28 may kuni Kun.uz’da «Baxti Tashkentskiy»ga oid jinoiy ish sudda ko‘rilmoqda sarlavhali xabar e’lon qilingandi.
Xabarda Baxtiyor Qudratullayev qilmishida Jinoyat kodeksining 104-modda 3-qismi g-bandi mavjudligini yozib, uni xatolik tufayli “Odam o‘limiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish” deb talqin qilingan.
Aslida Jinoyat kodeksining 104-modda 3-qismi g-bandi uyushgan guruh a’zosi tomonidan yoki shu guruh manfaatlarini ko‘zlab qasddan badanga og‘ir shikast yetkazishni nazarda tutadi.
Shu munosabat bilan saytning avvalgi xabariga tegishli tuzatish kiritildi.
Mavzuga oid

18:44
Sirdaryoda ikki bolani urib yuborgan haydovchi 8,5 yilga qamaldi

23:40 / 10.06.2025
300 ming dollar vasvasasi yoxud qotillik bilan tugagan sheriklik - suddan reportaj

10:23 / 10.06.2025
Fuqarolar huquqlarini sud orqali himoya qilish kafolati kuchaytiriladi

10:21 / 08.06.2025