O‘zbekistonlik merganlar Turkiyadagi xalqaro musobaqada birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi
11 ta davlatdan jami 36 ta jamoa ishtirok etgan musobaqada O‘zbekiston merganlari 5 marta rekord natija qayd etib, mezbon jamoani ham ortda qoldirgan.

Foto: Mudofaa vazirligi
20−31 may kunlari Turkiyada «Eng ilg‘or merganlar jamoasi» musobaqasi o‘tkazildi. Bu haqda O‘zbekiston Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
11 davlatdan 36 ta jamoa ishtirok etgan musobaqada O‘zbekiston merganlari turli shartlarda besh marta rekord o‘rnatib, yuqori natija qayd etgan.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari birinchi, mezbon Turkiya ikkinchi, Bahrayn terma jamoasi uchinchi o‘rinni egallagan.
Mavzuga oid

16:12 / 12.05.2025
Kurdiston ishchilar partiyasi tarqatib yuborilganini e’lon qildi

15:13 / 12.05.2025
Mubashshir Ahmad yana Turkiya politsiyasi tomonidan qo‘lga olindi. U O‘zbekistonga deportatsiya qilingan bo‘lishi mumkin

20:13 / 06.05.2025
AQSh armiyasida generallar ommaviy ravishda ishdan bo‘shatiladi

12:20 / 29.04.2025