Toshkentning ayrim hududlarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi
«Iyk ota» va «Rakatboshi» MFYning ayrim hududlarida elektr ta’minoti bo‘lmaydi.

Foto: Toshkent shahar elektr tarmoqlari
Iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlar oldini olish hamda mavjud elektr qurilmalarida ta’mirlash ishlarini olib borish maqsadida bugun, 19 iyun kuni qator manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chirildi.
Hududlar:
- Bektemir tumani: «Iyk ota» MFYning ayrim hududlarida soat 09:00 dan 18:00 gacha;
- Yakkasaroy tumani: «Rakatboshi» MFYning ayrim hududlarida bugun soat 10:00 dan 15:00 gacha.
O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin.
«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» mazkur ta’mirlash ishlari tufayli elektr ta’minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi iste’molchilardan uzr so‘ragan.
Mavzuga oid

13:56
1 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan mayning ferma aniqlandi

11:55 / 28.04.2025
Elektr va gaz qurilmalarini o‘rnatish tartibi o‘zgartirildi

11:56 / 16.04.2025
Toshkentning ayrim hududlarida 4 kun davomida elektr energiyasida uzilishlar kuzatiladi

08:06 / 14.04.2025