Sirdaryoda kanalga qulagan Nexia 2: cho‘kib ketganlar bir oila vakillari bo‘lgan
Mashinani keksa yoshli qaynota boshqargan. Avtomobil salonida kelini va uning uch nafar bolasi ham bo‘lgan. To‘rt kishining jasadi suvdan olib chiqilgan, yana birini qidirish ishlari davom etmoqda.

Foto: Videodan kadr
Sirdaryo viloyati Shirin shahrida 17 iyun kuni boshqaruvni yo‘qotib kanalga tushib ketgan Nexia 2 salonida bir oila vakillari bo‘lgani ma’lum qilindi. Bu haqda Milliy telekanalining “Millar” dasturida xabar berildi.
Ta’kidlanishicha, Nexia-2 avtomobili boshqaruvida keksa yoshli qaynota bo‘lgan. U mashina salonida uch nafar nabirasi va kelinini olib ketayotgan vaqtda boshqaruvni yo‘qotib, shahardagi Mirzo Ulug‘bek va Nurobod mahallalarini bog‘lovchi Janubiy Mirzacho‘l kanali ustidagi ko‘prikdan suvga qulagan.
Avvalroq Sirdaryo viloyat IIB Nexia-2 haydovchisi va 3 nafar yo‘lovchining jasadlari FVB favqulodda qutqaruv guruhi g‘avvoslari tomonidan suvdan olib chiqilgani haqida xabar bergandi.
Shuningdek, mashinada bo‘lgan yana bir yo‘lovchini qidirib topish ishlari olib borilayotgani aytilgandi.
Holat yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

16:41 / 15.05.2025
O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston Sirdaryo uchun suv taqsimoti rejimlarini tasdiqladi

08:31 / 09.05.2025
Hududlarda qariyb 88 kg giyohvandlik moddalarni olayotgan shaxslar ushlandi

20:24 / 05.05.2025
Sirdaryoda ikki yilda 20 ming gektar yerni qayta foydalanishga kiritish rejalashtirildi

16:46 / 05.05.2025