Isroil Rafahdagi HAMAS bo‘linmasi deyarli yo‘q qilinganini e’lon etdi
Harbiylar ko‘plab infratuzilma obektlarini yo‘q qilgani va ko‘plab terrorchilarni o‘ldirgani ta’kidlanmoqda.

Foto: Reuters
Isroil mudofaa kuchlari (TsAHAL) Falastinning Rafah shahrida HAMAS jangarilarini amalda «deyarli butkul yo‘q qildi». Bu haqda The Jerusalem Post nashriga tayanib Interfax xabar berdi.
«Rafahdagi janglarda katta muvaffaqiyatlarga erishdik. Biz Rafahda joylashgan HAMAS brigadasini butunlay yo‘q qildik, deb ayta oladigan paytga yaqinlashmoqdamiz», dedi Isroil armiyasi bosh shtabi boshlig‘i Xersi Xalevi.
Xalevi so‘zlariga ko‘ra, harbiylar ko‘plab infratuzilma obektlarini yo‘q qilgan va «ko‘plab terrorchilarni o‘ldirgan».
24 iyun kuni Knessetda so‘zlagan Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu yana bir bor «Isroil garovga olinganlarning barchasini qaytarmaguncha urushni tugatmaydi», dedi.
«HAMAS guruhini yo‘q qilmagunimizcha va janubdagi odamlarni uylariga qaytarmagunimizcha urushni to‘xtatmaymiz», dedi u.
Shu bilan birga, Isroil bosh vaziri avvalroq HAMAS tomonidan garovga olingan bir qator odamlarni qaytarish evaziga G‘azodagi jangovar harakatlarni vaqtincha to‘xtatishga tayyorligini bildirgan edi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 7 may kuni Isroil armiyasi Misr bilan chegaradosh Rafah shahrida harbiy operatsiya boshladi. Bu shahar HAMAS guruhining so‘nggi tayanchi sanaladi.
Mavzuga oid

13:54
G‘arbiy sohildagi quvg‘inlar, Falastin uchun kurashayotgan Harvard va portlatilgan rus generali - kun dayjesti

13:55 / 25.04.2025
Ochlikka ro‘para bo‘lgan G‘azo, sanksiyalardan xalos bo‘lishga urinayotgan Suriya va Rossiyaning Qirg‘izistonga tahdidi - kun dayjesti

20:55 / 24.04.2025
Ispaniya Isroildan millionlab o‘q-dori sotib olishdan bosh tortdi

13:30 / 24.04.2025