O‘mon O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejimni joriy qildi
Endilikda o‘zbekistonliklar ushbu davlatda 14 kun davomida vizasiz bo‘lishlari mumkin.

Foto: AP
O‘mon O‘zbekiston fuqarolariga mamlakatga 14 kun davomida vizasiz bo‘lib turish tartibini joriy qildi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
O‘monning O‘zbekistondagi elchixonasiga ko‘ra, mamlakatda mazkur muddatdan ko‘proq vaqt mobaynida bo‘lishni istagan o‘zbekistonliklar O‘monga kirish paytida aeroportning o‘zida kirish vizasini rasmiylashtirishlari mumkin.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston 2021 yil 1 martdan boshlab O‘mon fuqarolari uchun 10 kunlik muddatga vizasiz rejim joriy qilgan.
Avvalroq Tailand O‘zbekiston va yana 35 ta davlat uchun vizasiz rejim joriy etishi xabar qilingandi.
Mavzuga oid

14:21 / 07.06.2025
O‘zbekiston va Yaponiya vizani liberallashtirish masalasini o‘rganmoqda

19:31 / 29.05.2025
Tramp Amerika universitetini yuz minglab xitoylik talabalardan «tozalashga» qaror qildi

11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda

17:13 / 27.05.2025