Andijonda jamoat transporti brutto-shartnoma tizimiga o‘tkazilmoqda
Bu tizimda tashuvchi bosib o‘tilgan yo‘l va sifat mezonlari asosida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi.

Andijon shahrida 2 iyuldan boshlab 1-sonli «Gulshan MFY — Andijon shahar shifoxonasi» avtobus yo‘nalishi brutto-shartnoma tizimiga o‘tkazildi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu yo‘nalishga 20 dona avtobus biriktirilgan bo‘lib, qatnov oraliq intervali 10 daqiqani tashkil etadi.
Shu munosabat bilan, yo‘lovchilarning avtobuslarga chiqishi va tushishi qat’iy tartibda oraliq bekatlaridan amalga oshirilishi lozimligi ta’kidlangan. Haydovchilarga tegishli yo‘riqnomaga asosan faqat bekatlarda yo‘lovchi olish va tushirishi, qat’iy jadval asosida harakatlanishi, yo‘lovchi bor yoki yo‘qligidan qat’i nazar har bir bekatlarda to‘xtab o‘tishi lozimligi tushuntirilgan.
Yangi tizimga muvofiq tashuvchi bosib o‘tilgan yo‘l va sifat mezonlari asosida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishi lozim. Tez orada yana 3 ta shahar avtobus yo‘nalishi bosqichma-bosqich ravishda ushbu tizimga o‘tkaziladi.
Mavzuga oid

11:58
“Efirda uzilish va qotish bo‘lgan” – Samarqand va Andijondagi attestatsiya jarayonlari yuzasidan munosabat bildirildi

17:40 / 24.04.2025
Andijonda zilzila yuz berdi

09:04 / 18.04.2025
40 mlrd so‘mlik kuchli ta’sir qiluvchi moddani olib kirmoqchi bo‘lganlar ushlandi

20:21 / 16.04.2025