Ishlab chiqarish sexi 1 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
Qarshi shahrida yashirincha tarmoqqa ulangan ishlab chiqarish sexi 1 mlrd so‘mlikdan ziyod tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi.

Foto: O‘zenergoinspeksiya
“O‘zenergoinspeksiya” xabariga ko‘ra, Qarshi shahrida fuqaro M.F. fermer xo‘jaligiga qarashli binoda faoliyat yuritayotgan omixta yem ishlab chiqarish sexi hujjatlarsiz, to‘g‘ridan to‘g‘ri gaz tarmog‘iga ulanib, undan noqonuniy foydalangani aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik holati bo‘yicha dalolatnoma rasmiylashtirildi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, davlat manfaatlariga 1 mlrd 65 mln so‘m zarar yetkazilgani ma’lum bo‘lgan.
Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Mavzuga oid

14:00 / 11.06.2025
1,3 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan ovqatlanish maskani aniqlandi

13:08 / 09.06.2025
Rossiya O‘zbekistonga gaz yetkazib berishni 4 barobardan ortiqqa oshirdi

16:33 / 06.06.2025
Gaz va elektr kompensatsiyasi uchun ariza qabul qilish boshlandi

09:54 / 04.06.2025