O‘zbekiston Qatar bilan turizm va ishbilarmonlik tadbirlari sohasida hamkorlik qiladi
O‘zbekiston va Qatar hukumatlari o‘rtasida turizm va ishbilarmonlik tadbirlari sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
“Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston va Qatar davlati hukumatlari o‘rtasida turizm va ishbilarmonlik tadbirlari sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi.
Bitim 2023 yil 2 oktyabrda Doha shahrida imzolangan.
Turizm qo‘mitasi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilandi.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirliklar va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin uning qoidalari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta’minlaydi.
Mavzuga oid

10:14 / 02.05.2025
Namanganda O‘zbekiston-Qatar kasbiy mahorat markazi ochiladi

08:40 / 18.04.2025
Tramp Ukraina bilan yerosti boyliklari bo‘yicha bitim imzolanishini e’lon qildi

01:40 / 27.03.2025
«PSJ» egalari yana bir klubni sotib olmoqchi

20:43 / 11.03.2025