1,3 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan qurilish sexi aniqlandi
Jizzax shahrida 1 mlrd 354 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan qurilish materiallari ishlab chiqarish sexi aniqlandi.

Bosh prokuratura xabariga ko‘ra, “B.D.” MChJ rahbari R.K. jamiyatga qarashli qurilish materiallarini ishlab chiqarish sexidagi gaz qurilmalarini o‘zboshimchalik bilan yer ostidan o‘tgan o‘rta bosimli gaz quvuriga yashirish ravishda ulagan.
Qayd etilishicha, oqibatda 1 mlrd 354 mln so‘mlik 902,6 ming kub metr tabiiy gaz o‘g‘irlangan.
Mazkur holat yuzasidan “B.D.” MChJ mansabdor shaxslariga nisbatan JKning 169-moddasi (o‘g‘rilik), 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan.
Mavzuga oid

12:53 / 17.04.2025
Xitoy Rossiyaning yana bir loyihasini rad etdi

11:18 / 17.04.2025
5,7 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan metall eritish sexi aniqlandi

11:00 / 15.04.2025
Reuters: YeI kompaniyalari Rossiya gazi importini oshirmoqchi

07:29 / 15.04.2025