«Yevro-2024» futbol musobaqalari yozuvidan ruxsatsiz foydalangan shaxs jarimaga tortildi
Adliya vazirligi tomonidan huquq egasi murojaati asosida «Yevro-2024» futbol musobaqalari Telegram ijtimoiy tarmog‘ining AF(L) kanalida huquq egasi yoki boshqa vakolatli shaxsning ruxsatisiz barchaning e’tiboriga yetkazilgani aniqlandi.
Holat yuzasidan kanal ma’muriga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177(1)-moddasi bilan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirilib, tegishli sudga yuborildi.
Sud qaroriga ko‘ra huquqbuzarga nisbatan jarima jazosi tayinlandi.
Adliya vazirligi mualliflik va turdosh huquq obektlaridan huquq egasining ruxsatisiz, noqonuniy ravishda foydalanish javobgarlikka sabab bo‘lishi to‘g‘risida ogohlantirdi.
Mavzuga oid

14:34 / 13.06.2025
Ryanair janjalkash yo‘lovchilarni 500 yevro jarimaga tortadi

09:57 / 04.06.2025
Haydovchilar jarima ballari haqida onlayn xabardor bo‘lishi mumkin

00:59 / 14.05.2025
Imtihonga kech qolgan talaba aviakompaniyani sudga berib, unda yutib chiqdi

19:33 / 02.05.2025