Hindistondan O‘zbekistonga birinchi konteyner poyezdi yuborildi
Poyezd Eronning Bandar Abbos portidan jo‘nab ketdi va Turkmanistonning Sarahs chegara punkti orqali Toshkentga yo‘l oldi.

Foto: Turkmenportal
Turkmanistonning transport-logistika markazi (TULM) Hindistondan O‘zbekistonga birinchi konteyner poyezdini jo‘natish jarayonida ishtirok etdi. Bu haqda Turkmenportal xabar berdi.
Qayd qilinishicha, keramika plitalar yuklangan 20 ta TEU konteyneridan iborat poyezd Eronning Bandar Abbos portidan jo‘nab ketgan va Turkmanistonning Sarahs chegara punkti orqali Toshkentga yo‘l olgan.
Ta’kidlanishicha, ushbu tadbir oldidan 2023 yil 22 dekabr kuni Istanbul shahrida «O‘zbekiston temiryo‘llari» AJ va «Turkmaniston temiryo‘llari» agentligi vakillarining ikki tomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda konteyner poyezdlarining Turkmaniston hududi orqali o‘tishini tezlashtirish, shuningdek, tashish uchun maxsus tarif stavkalarini qo‘llash masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar, shuningdek, «O‘zbekiston – Turkmaniston – uchinchi davlatlar» koridori bo‘ylab yuk tashishni tashkil etish uchun har bir davlatda mas’ul logistika kompaniyalarini tayinlashga kelishib olgan edi.
Mavzuga oid

16:27
Hindistonning IndiGo aviakompaniyasi Toshkentga parvozlarni to‘xtatdi

13:05
Eron portidagi dahshatli portlash, Kanadada fojiaga aylangan festival va Suvaysh kanaliga «ko‘z olaytirayotgan» Tramp - kun dayjesti

18:51 / 27.04.2025
Hindiston Pokiston bilan keskinlik fonida raketalarini sinovdan o‘tkazdi

15:38 / 26.04.2025