Hindiston janubida ko‘chkilar qurbonlari soni 358 kishiga yetdi
200 dan ortiq odam bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatida.

Foto: India Today
Hindiston janubidagi Kerala shtatida kuchli yomg‘ir oqibatida yuzaga kelgan ko‘chkilar qurbonlari soni 358 kishiga yetdi, deb xabar bermoqda India Today.
Mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, qidiruv-qutqaruv ishlari hamon davom etmoqda.
Bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatida 200 dan ortiq kishi bor.
Hindiston armiyasi vayronalar ostida qolgan odamlarni qidirish uchun mintaqaga radarlar yubordi.
Rasmiylar avvalroq Kerala tarixidagi eng dahshatli tabiiy ofatlardan biriga duch kelganini bildirgan edi.
Hindiston armiyasi 1 avgust kuni shtatda 1500 nafar askari borligini ma’lum qildi.
Shtatdagi tabiiy ofatdan jabr ko‘rgan 8300 dan ortiq kishi lagerlarga evakuatsiya qilingan.
30 iyul kuni kuchli yomg‘irlar natijasida Kerala shtatida ko‘chkilar sodir bo‘lib, infratuzilma va yo‘llarga jiddiy zarar yetgan. Jabr ko‘rgan Chooralmala qishlog‘ida 200 ta uy vayron bo‘lgan.
Mavzuga oid

18:43 / 12.06.2025
OAV Hindistondagi aviahalokatdan bir kishi omon qolgani haqida xabar berdi

17:07 / 12.06.2025
Shavkat Mirziyoyev samolyot aviahalokati yuzasidan Hindiston rahbariyatiga ta’ziya bildirdi

14:03 / 12.06.2025
Hindistonda Londonga uchayotgan samolyot quladi. Asosiy ma’lumotlar

19:08 / 09.06.2025