«Barcha rahbarlarga chora qattiq bo‘ladi» - prezident
Sayxunobod va Uychi tajribalarida kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan mas’ullarga javobgarlik choralari ko‘riladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligidagi videoselektor yig‘ilishida asosiy masalaga o‘tishdan avval davlat rahbari yil boshida yaratilgan aholini band qilish va tadbirkorlikni rivojlantirishning mutlaqo yangi tizimi — Sayxunobod, Uychi, Zarbdor va G‘ijduvon tajribalarining ijrosini tahlil qildi.
Bu borada yaxshi natija ko‘rsatayotgan tumanlar ko‘pligi, lekin ayrim tuman hokimlari, iqtisodiy kompleks rahbarlari bu islohotlarni to‘liq tushunib yetmayotgani ko‘rsatib o‘tildi.
Masalan, Uychi tajribasi asosida respublika bo‘yicha 500 mingta yangi ish o‘rinlari yaratildi. Lekin 15 ta tuman va shahar rejasi 90 foizga yetmagan.
Yoki Sayxunobod tajribasi asosida har bir mahallada 10 tadan mikroloyiha qilish zarur. Bu orqali respublikada jami 132 mingta mikroloyiha ishga tushirilib, 242 mingta yangi ish o‘rinlari yaratildi. Biroq 26 ta tumandagi 46 ta mahallada nomigagina 1-2 ta mikroloyiha qilingani tanqid qilindi.
Bir oy oldin G‘ijduvon tajribasi asosida tuman hokimlariga 1 mingta mahallani o‘zida “tepaga o‘sadigan” (vertikal) sanoat binolari tashkil qilish topshirilgan edi. Lekin birorta tuman hokimi hisob-kitob qilib, nechta loyiha qilishi va qancha ish o‘rni yaratishi bo‘yicha rejasini tasdiqlagani yo‘q.
Zarbdor tajribasi bo‘yicha rahbarlar ijro muddati 1 oktyabr, deb xotirjam yurganiga qat’iy e’tiroz bildirildi.
Mutasaddilar ushbu 4 ta tuman tajribasi bo‘yicha sustkashlikka yo‘l qo‘ygan barcha rahbarlarga chora qattiq bo‘lishi haqida ogohlantirildi.
Sayxunobod va Uychi tajribalarida kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan mas’ullarga javobgarlik choralarini ko‘rish, qoloqliklarni bartaraf etish topshirildi.
Zarbdor tajribasi asosida har bir tuman va shaharda kamida 5 tadan drayver loyihani shakllantirish, G‘ijduvon tajribasi asosida 1 mingta mahallaning o‘zida “tepaga o‘sadigan” (vertikal) sanoat binolari loyihalarini tayyorlab, yil yakunigacha ishga tushirish vazifasi qo‘yildi.
Umuman, tajribalarning har biri bo‘yicha mas’ullarga aniq KPI belgilanib, ijrosi ustidan qat’iy so‘rov o‘rnatilishi belgilandi.
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp boylar uchun soliqni oshirish taklifini berdi
Jahon | 23:06
-
Urganch-Istanbul-Urganch reys texnik sabablarga ko‘ra bekor qilindi
O‘zbekiston | 22:37
-
Astronomlar yulduzlarni parchalovchi «daydi» qora tuynukni kashf etdi
Fan-texnika | 22:31
-
Pokiston Hindiston hujumlariga javobni kechiktirishga qaror qildi
Jahon | 22:15
Mavzuga oid

12:07 / 11.04.2025
Turizm sohasida yangi vazifalar belgilandi. Avvalgi topshiriqlar ijrosi qoniqarlimi?

16:37 / 09.04.2025
Prezident zamonaviy turizm marshrutlarini tashkil etish bo‘yicha vazifalarni belgilab berdi

15:48 / 09.04.2025
«Sayyohlar yo‘llar ahvolidan norozi» - mutasaddilarga «turizm halqasi»ga kirgan yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha ishlarni boshlash topshirildi

13:16 / 07.02.2025