Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hazoraspdagi fermerning nizoli qarzdorligi davlat budjeti hisobidan qoplanadigan bo‘ldi
Xorazmda fermer xo‘jalik bahsli vaziyat sabab elektr tarmog‘idan uzib qo‘yilishi oqibatida qariyb 50 gektar maydondagi g‘o‘za ko‘sak to‘kib, nobud bo‘lish xavfi ostida qolgandi. Kun.uz surishtiruvidan so‘ng fermer va elektr ta’minoti korxonasi o‘rtasidagi nizoli vaziyat ijobiy yechim topdi: fermerga ishlatgan elektr energiyasi qiymatini qoplashda 20 mln so‘m subsidiya ajratiladigan bo‘ldi.

Foto: Kun.uz
Hazorasp tumanidagi “Ulug‘bek” fermer xo‘jaligi hamda tuman elektr ta’minoti korxonasi o‘rtasida elektr energiyasi qarzdorligi bo‘yicha nizoli vaziyat yuzaga kelgandi. Kun.uz’ga murojaat yo‘llagan fermer esa o‘zi bexabar qarzdorlik uchun bo‘yniga katta miqdorda penya osilganini aytgan.
Kun.uz surishtiruvidan so‘ng muammo ijobiy yechim topdi. Paxta xomashyosi va boshoqli don yetishtiruvchilarining 2023 yilda nasos agregatlari va sug‘orish quduqlari iste’mol qiladigan elektr energiyasi qiymatini qoplashga subsidiya ajratish yuzasidan Hazorasp tumani ishchi guruhi xulosasi bilan fermerga 20 mln so‘m subsidiya ajratiladigan bo‘ldi.
Shuningdek, Qishloq xo‘jaligi vazirligi vakilining Kun.uz’ga bildirishicha, hozirda subsidiya masalasi hal qilinib, fermerning qolgan muammolari ham o‘rganilmoqda.
Ma’lumot uchun, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 3 maydagi tegishli qaroriga ko‘ra, 2024 yil 1 yanvardan boshlab qishloq xo‘jaligi korxonalari tasarrufidagi elektr energiyasi iste’molini hisobga olish uskunalari bilan ta’minlangan nasos agregatlari va sug‘orish quduqlarining paxta xomashyosi va g‘alla yetishtirish uchun iste’mol qilgan elektr energiyasi qiymati Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab berilishi nazarda tutilgan.
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti rahbari o‘zgardi
O‘zbekiston | 00:58
-
Sloveniya Isroilga qurol embargosini joriy qildi
Jahon | 23:57 / 01.08.2025
-
Rossiyada til bilmaydigan migrantlarni ba’zi kasblarga ishga qabul qilmaslik taklif etildi
Jahon | 23:35 / 01.08.2025
-
Xitoyda odamsimon robot ilk bor universitetga qabul qilindi
Fan-texnika | 23:25 / 01.08.2025
Mavzuga oid

18:58 / 31.07.2025
Dalasiga nima ekishni fermerning o‘zi hal qilishi aytildi

08:42 / 31.07.2025
Paxta yetishtiruvchi dehqon va fermerlarga subsidiya ajratiladi

21:56 / 19.07.2025
Klasterlarning fermerlar oldida juda katta qarzdorligi bor - Qudbiyev

16:03 / 16.07.2025